Украинъёс
Ukrainlar — xalq. Ukrainaning asosiy aholisi (37,42 mln. kishi). Rossiyda 4362,8 ming kishi, Qozogʻistonda 896,2 ming kishi, Belarusda 291 ming kishi, Oʻzbekistonda 153,2 ming kishi, Qirgʻizistonda 108 ming kishi, Latviyada 92,1 ming kishi, Kanadada 530 ming kishi, AQShda 500 ming kishi, Polshada 300 ming kishi, Argentinada 100 ming kishi yashaydi. Umumiy soni 46 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ukrain tilipya soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, bir qismi uniatlar. U. ruslar va belaruslar katori sharqiy slavyanlarga mansub. Ularning umumiy etnik asosini 10-asrga kelib yaqin qardosh sharqiy slavyan qabilalaridan shakllangan va oʻz davlati — Kiyev Rusi barpo etgan qad. rus elati tashkil qilgan. Keyinchalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot va qad. rus yerlarining siyosiy tarqoqligi sharoitida (12 — 14-asrlar) qad. rus elati asosida 3 ta qardosh xalq — rus, ukrain va belarus xalqlari shakllangan. taxminan 14—15-asrlardan U. oʻziga xos tili, xoʻjaligi va madaniyati asosida mustaqil etnik birlik sifatida maydonga keldi. 16 — 17-asrlarda ijtimoiyiqtisodiy va madaniy taraqqiyot, xalqning litva, polyak, venger agressiyalariga, turktatar bosqinchilarining talonchilik hujumlariga qarshi kurashi natijasida ukrain elati uyushgan va mustahkamlangan.
Ukrain tili
Ukrain tili sharqiy slavyan tilining safiga kiradi. 18-19 asrlarda hozigi ukrain adabiy tili shakllandi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org