Ukrainadagi oʻzbeklar




Ukrainadagi oʻzbeklar Ukraina hududida yashovchi oʻzbek millatiga mansub aholi vakillarihisoblanadi. 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ukrainada 12353 nafar oʻzbek istiqomat qiladi. Oʻzbekistonliklar eng koʻp qismi Ukraina janubidagi Qrim yaqinida va Sevastopolda (3087 kishi), shuningdek, Donetsk (1244 kishi) va Dnepropetrovsk (1361 kishi) viloyatlarida ham koʻpchilikni tashkil etgan.

Tarixiy dinamika




Ukrainada oʻzbeklar II jahon urishidan oldin juda kamchilikni tashkil etgan. Jahon urushidan soʻng Sobiq Ittifoq hududi boʻylab kadrlarning koʻchishi va II-Jahon urushi oʻchoqlari Sharqiy Yevropa hududlarida kuzatilganligi sabab oʻzbeklar ushbu hududlarda tarqala boshlagan. Urush yillarida Ukraina hududlarida 10000 dan ziyod oʻzbek millati vakillari yashagan. Sobiq ittifoq tarqalmasdan oldingi aholini roʻyxatga olish natijalarida esa (1989-yilgi natijalar) 20333 ta oʻzbek millati vakillari roʻyxatga olingan. Sobiq Ittifoq tarqalgach barcha hududlarda millatlar aro migratsiya shakllanishi oqibatida Ukrainadan ham koʻplab oʻzbeklar boshqa hududlarga koʻchib ketgan.

Qayta joylashtirish




Ukrainadai oʻzbek millati vakillari 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra jami 12353 aholining 70,0% shaharlarda, 30,0% esa qishloqlarda yashagan. Mustaqil Ukraina hududida hozirda eng koʻp oʻzbeklar istiqomat qiladigan viloyat hududlari Qrim Avtonom Respublikasi va Sevastopol, Donetsk viloyati, Dnipropetrovsk viloyati, Xarkov viloyati va Zaparojye viloyati, Lugansk viloyati, Xerson viloyati Odessa viloyatlari va Ukraina poytaxti Kiyev shahrida nisbatan koʻp tarqalgan.

Til




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz