Ukrainada Turizm kuni
"Turizm kuni " (ukraincha: День туризму) ― Ukrainada sayyohlik agentliklari xodimlari, turoperatorlar, barcha sayyohlik sohasida ishlovchilarning va sayohat ixlosmandlarining milliy kasb bayrami boʻlib, u Ukrainada har yili 27-sentabrda nishonlanadi.
„Turizm kuni“ Ukraina rasmiy taqvimida 1998-yil 21-sentabrda respublika poytaxti, qahramon shahar Kiyevda, Ukrainaning ikkinchi Prezidenti Leonid Danilovich Kuchma Ukrainaning turizm boʻyicha davlat qoʻmitasi tashabbusini qoʻllab-quvvatlash uchun, „Turizm kuni toʻgʻrisida“ gi 1047/98-sonli Farmonini imzolagandan keyin paydo boʻlgan. Ukraina davlati rahbarining farmoyishi bilan „ Ukrainada har yili 27-sentabrda nishonlanadigan Turizm kunini nishonlash“ belgilandi.
27-sentabr sanasini Prezident Kuchma tomonidan taqvimdan bejizga tanlamagan. Aynan shu kuni butun sayyorada Butunjahon turizm kuni nishonlanadi va turizm xodimlari buni avval ham oʻzlarining kasb bayramlari deb bilishgan. Prezident farmoni tufayli Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ushbu norasmiy bayram Ukrainada rasmiy maqomga ega boʻldi.
2009-yilda mamlakatda Turizm kuni nishonlanayotganda respublikaning yuqori mansabdor shaxslari ushbu sana munosabati bilan quyidagi bayonotlar bilan chiqishgan:
„Turizm kuni“ nishonlanadigan yilga qarab, agar dam olish kuniga toʻgʻri kelmasa, dam olish kuni hisoblanmaydi.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org