Ukraina Tashqi ishlar vazirligi




Ukraina Tashqi ishlar vazirligi (ukraincha: Міністерство закордонних справ України)–Ukrainaning tashqi aloqalarini nazorat qiladigan Ukraina hukumati vazirligi hiosblanadi. Vazirlik rahbari tashqi ishlar vaziri hisoblanadi.

Tarixi



Dastlab vazirlik Ukraina Bosh kotibiyati tarkibidagi Millatlar ishlari boʻyicha Bosh kotibiyat sifatida tashkil etilgan va unga federalizm tarafdori boʻlgan Sergey Efremov boshchilik qilgan. Sovet Ittifoqi aralashuvi tufayli boshqarma 1917-yil-22 dekabrda vazirlikka aylantirildi. Taxminan bir vaqtning oʻzida Ukraina hukumatini aksilinqilobiy deb eʼlon qilgan boshqa hukumat tuzildi. Ukraina SSR hukumati ham 1918-yil 1-martda oʻz boshqarmasini qayta tashkil etdi. 1923-yilda boshqaruv Sovet Ittifoqi hukumati tomonidan tugatildi va yigirma yildan soʻng 1944-yilda tiklandi. 1919-yilda Bolgariyada tugʻilgan Kristian Rakovskiy tayinlangunga qadar, birinchi Ukraina sovet vakillari haqida maʼlumotlar yetarlicha qayd etilmagan. 1991-yilda UKraina oʻz mustaqilligini tiklaganda keyin ham, boshqarma oʻz faoliyatini davom ettirsa boʻlar edi.

Umumiy tushuncha




Vazirlik Ukrainaning poytaxti Kyivning eski shahar qismida joylashgan boʻlib, yaqinda qayta qurilgan St. Michael’s Golden-Domed monastiri yaqinida joylashgan. Vazirlik binosi monastir nomi bilan atalgan Mixaylov maydonida va Volodymyrska Hill bogʻi yonida joylashgan. Tashqi ishlari vaziri nomzodi Vazirlar Mahkamasini koʻpgina aʼzolarning nomzodini beradigan Bosh vazirdan farqli oʻlaroq Ukraina prezidenti tomonidan koʻrsatiladi. Vazirlikka nomzodlarning barchasi Ukraina parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kerak.

UNESCO ishlari boʻyicha Ukraina Milliy komissiyasi idorasi
Ukraina 1954-yil 12-maydan UNESCO aʼzosi hisoblanadi. 1962-yil dekabr oyidan boshlab Ukraina Fransiyadagi hozirgi elchisi boshchiligidagi tashkilotda doimiy vakolatxonasini tashkil etdi. Ukraina UNESCO ishlari boʻyicha milliy komissiyasi Prezidentning 1996-yil 26-martdagi 212/1996-son farmoni bilan tashqi ishlar vazirligi tarkibida tashkil etilgan. UNESCO ishlari boʻyicha Ukraina Milliy komissiyasining raisi Sergiy Kyslytsya hisoblanadi.

Ukrrianing Fransiyadagi elchisi Konstantin Timoshenko UNESCO huzuridagi Ukrainaning doimiy vakili hisoblanadi.

Ukrainada UNESCO bilan hamkorlik qiluvchi 14 ta akademik boʻlim va tashkilot bilan bogʻliq 63 ta maktab mavjud
.

Vazirlar roʻyxati



1924-yilgacha boʻlgan amaldorlar
Millatlar Bosh kotibi (1917-yil 28-iyun-22 dekabr)

Millatlar xalq kotibi (1917-yil 14-dekabr-1918-yil 1-mart)

Tashqi ishlar vazirligi (1917-yil 22-dekabr-1920-yil may)

Tashqi ishlar vazurligi xalq kotiblari (1918-yil 1-mart-1923-yil iyul)

Gʻarbiy Ukraina tashqi ishlar davlat kotiblari (1918-yil noyabr-1923-yil fevral)

Ikkinchi jahon urushidan keyingi rasmiylar



Tashqi ishlar vazirligi xalq komissarlari

Tashqi ishlar vazirlari

Tashqi ishlar vazirlari (SSSR parchalangandan keyingi)

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakillari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz