Ukraina tarixi
Ukraina janubida ilk paleolit davrida odamlar yashaganligi maʼlum. Oʻrta paleolit davrida Mustye madaniyatiga mansub elatlar vakillari hozirgi Ukraina xududining anchagina qismini egallab oldilar. Soʻnggi paleolit davrida (35-40 ming yil avval) butun Ukraina hududida odam yashay boshlagan. Mezolit davri (mil. av. 10-7-ming yillik)da baliq ovlash, neolit davri (mil.av. 6-4-ming yillik)da dehqonchilik va chorvachilik paydo boʻldi. Eneolit va jez davrlari (mil. av. 4-ming yillik – 1-ming yillikning boshi)da dehqonchilik, chorvachilik va kulolchilik ancha kjsaldi (qarang Tripolye madaniyati). Mil. av. 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlarida But va Dnepr boʻyi dashtlarida kimmeriy qabilalari yashagan va Ukraina Sharqiy Yevropadagi Pontik choʻllarining bir qismi xalkolit va bronza davrlarining tarqalishida, otni xonakilashtirishda muhim ahamiyat berilgan..
Tarixdan oldingi
Slavyanlar
17-18-asrlar Ukraina
1768 va 1769-yillardagi dehqonlar qoʻzgʻoloni va Polsha-Litva Hamdoʻstligining boʻlinishi natijasida 18-asr oʻrtalarida Ukraina milliy tiklanishi paydo boʻldi.
19-asrning 20-30-yillarida Ukrainada milliy uygʻonish jarayoni boshlandi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida siyosiy partiyalar tuzila boshladi. Rossiyada 1917-yil oktabr toʻntarishi roʻy berib, Rossiya va AvstriyaVengriya imperiyalari barbod boʻlgach, ukrain siyosiy harakati qatiy talablar bilan maydonga chiqdi va milliy ozodlik kurashi davri yoki 1917-21 yillardagi ukrain inqilobi boshlandi. Oʻsha davrda Ukrainada Ukraina Markaziy Radasi, getman Pavel Skoropadskiy boshliq Ukraina Davlati, Ukraina Xalq Respublikasi Direktoriyasi ukrainlarning oʻz davlatini tuzishga intildilar.
20-asr
Mustaqillik
Shuningdek, 20-asrning 50-70-yillarida Ukrainada keng miqyosli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar roʻy berdi, jumladan, sanoat rivojlanib, shaharlar kengaydi. 80-yillar oxirida qayta qurish siyosati boshlanishi bilan muxolifat harakati kuchaydi, yangi tuzilgan siyosiy tashkilotlar suverenitetga erishish, demokratiyani rivojlantirish, milliy va fuqarolik huquqlari uchun kurasha boshladi. Nihoyat, 1991-yil 24-avgust kuni Ukraina mustaqilligi eʼlon qilindi. Ukraina – 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston mustaqilligini 1992-yil 24-yanvarda tan olgan va oʻsha yil 25-avgustda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 24-avgust – Mustaqillik kuni (1991). 2014-yil mart oyida Qrim muxtor respublikasi va Sevastopol shahri Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qoʻshib olindi.
uz.wikipedia.org