Ukraina kinosi
Ukraina kinosi Ukrainada yoki xorijdagi ukrainalik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan kino va ijodiy filmlarni oʻz ichiga oladi.
Taniqli ukrainalik rejissorlar qatoriga Aleksandr Dovzhenko, Dziga Vertov va Sergey Paradjanov kabilarni kiritish mumkin. Dovzhenko sovet eng taniqli sovet kinematograflaridan biri sifaitda tilga olinadi. U, shuningdek, sovet montaj nazariyasini ishlab chiqqan va Dovzhenko kinostudiyasiga asos solgan. 1927-yilda Dziga Vertov Moskvadan Ukrainaga koʻchib oʻtdi va VUFKU kinostudiyasida u "Oʻn birinchi yil", „Kinokamerali odam“ va birinchi Ukraina hujjatli ovozli filmi hisoblanmish „Entuziazm“ (Donbass simfoniyasi) kabi bir nechta avangard hujjatli filmlarni suratga oldi. Paradjanov-ukrain, arman va gruzin kinosiga katta hissa qoʻshgan arman kinorejissori va rassomidir; u sotsialistik realizmning yetakchi tamoyillariga mutlaqo zid boʻlgan oʻzining kinematografiya uslubi-Ukraina sheʼriy kinosiga asos solgan.
Ukrainalik mashhur rejissorlar sirasiga qolaversa Kira Muratova, Larisa Shepitko, Sergey Bondarchuk, Leonid Bikov, Yuriy Illienko, Leonid Osyka, Vyacheslav Krishtofovich, Roman Balayan, Sergiy Masloboyschikov, Ihor Podolchak va Maryna Vroda kabilarni kiritish mumkin.
Vira Kholodna, Bogdan Stupka, Sergey Makovetskiy, Mayk Mazurki, Natali Vud, Denni Kay, Jek Palans, Milla Yovovich, Olga Kurylenko va Mila Kunis kabi koʻplab Ukrainalik aktyorlar xalqaro shon-shuhrat va muvaffaqiyatlarga erishdilar jumladan. Serge Gainsbourg, Leonard Nimoy, Vira Farmiga va Taissa Farmiganing ota-onalari; Stiven Spilberg, Dastin Xofman, Silvestr Stallone, Kirk Duglas, Leonardo Di Kaprio, Winona Ryder, Vupi Goldberg, Edvard Dmitrik, Lenni Kravits va Zoe Kravits, illyuzionist Devid Kopperfild, animator Bill Tytla kabilarning bobo-buvilari Ukrainalik immigrantlar boʻlishgan.
Mazkur sohada erishilgan muhim yutuqlarga qaramasdan, Ukraina kino sanoati koʻpincha Rossiya va Evropa taʼsiri ostida boʻlganligi, unning Yevropa va Rossiya kinosi bilan ayniy ekanligi toʻgʻrisida bahs-munozaralar mavjud. Ukrainalik produserlar xalqaro qoʻshma filmlarda faol ishtirok etadilar, ukrainalik aktyorlar, rejissorlar va ekipaj aʼzolari muntazam ravishda rus (va sobiq sovet) filmlarida suratga tushishgan. Ukraina xalqi, hikoyalari yoki voqealariga asoslangan muvaffaqiyatli filmlar qatoriga Potemkin jangovar kemasi, Kino kamerali odam va Hamma narsa yoritilgan kabilarni kiritish mumkin.
Ukraina davlat kino agentligi Aleksandr Dovjenko nomidagi Milliy kinomarkazga, filmdan nusxa koʻchirish laboratoriyasi va arxiviga egalik qiladi va Odessa xalqaro kinofestivalini oʻtkazishda ishtirok etadi. Yana bir festival, Kiyevdagi Molodist, Ukrainada oʻtkaziladigan yagona FIAPF tomonidan akkreditatsiya qilingan xalqaro kinofestivaldir; tanlov dasturida talabalar filmlari, birinchi qisqa metrajli filmlar va butun dunyo boʻylab birinchi toʻliq metrajli filmlar uchun boʻlimlar mavjud. U har yili oktabr oyida oʻtkaziladi.
Ukraina kinosi tarixi
Odessa kinostudiyasi hududida Kino muzeyi mavjud boʻlib, unda siz umuman kino tarixi va uning bir qismi sifatida Ukraina kinosi tarixi boʻyicha koʻplab qiziqarli faktlarni topishingiz mumkin. Bu yerda siz kino ixtirosidan tortib postmodern, raqamli va avangardgacha boʻlgan tarixiy materiallarni topa olasiz.
Ukraina SSR kinolari sotilish darajasi
Tegishli davlat va fuqarolik organlari
Ushbu soha Ukraina Madaniyat vazirligi va Ukraina kinematograflar uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi.
Ukraina kinematografiyasining markaziy ijro etuvchi organi-Ukraina davlat kino agentligidir. Ukraina Madaniyat Jamgʻarmasi bilan birgalikda u Ukraina kinosiga eng yirik sarmoyador hisoblanadi va 2019-yil holatiga koʻra, ushbu muassasalarning har biri Ukraina kino ishlab chiqarishiga taxminan 500 million Grivna sarmoya kiritmoqda.
Kino studiyalar
Davlatga tegishli
Xususiy kinostudiyalar
Kino distribyutsiyasi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar
B&H Film Distribution Company-yirik Ukraina kino distribyutori boʻlib, u Walt Disney Pictures, Universal Pictures, Paramount Pictures, Sony Pictures Entertainment (Columbia Pictures) kinokompaniyalarining Ukrainadagi distribyutori hisoblanadi.
Ukrainian Film Distribution (sobiq Gemini Ukraine) 20th Century Fox kompaniyasi (Fox Searchlight Pictures, Blue Sky Studios) kinolarining mahalliy distribyutori hisoblanadi.
VLG. FILM (sobiq Volga Ukraina) Miramax, StudioCanal, STX Entertainment, A24, Lionsgate, Focus Features International, EuropaCorp, Pathé Exchange, Kinology, Affinity Equity Partners, Exclusive Media Group, TF1 va boshqalar kompaniyalar kinolarining mahalliy distribyutoridir.
Kinomania Warner Brothers kinolarining mahalliy distribyutoridir (New Line Cinema).
Qisqa metrajli filmlar, festival gʻoliblari va artxauslar asosan Arthouse trafigi tomonidan tarqatiladi.
Rassomlar uchun eng yangi veb-sayt maʼlumotlar bazasi tizimi Ukraina kino sanoati jamgʻarmasi hisoblanadi
Festivallar
Mukofotlar
Joriy mukofotlar
1987-yilda ukrainalik muhandis va animator Yevgeniy Mamut uchta hamkasbi bilan birgalikda " Yirtqich " filmi uchun RGA / Oxberry Compu-Quad maxsus effektli optik printerni loyihalash va ishlab chiqish uchun (Ilmiy va muhandislik ishlanmasi uchun) „Oskar“ mukofotiga sazovor boʻldi.
2006-yilda ukrainalik muhandis va ixtirochi Anatoliy Kokush „Ukraina qoʻli“ girostabilizatsiyalangan kamerali krani va „Uchar bosh“ konseptsiyasi va rivojlanishi uchun ikkita „Oskar“ mukofotiga sazovor boʻldi.
Sobiq mukofotlar
Aktyorlar
Manbalar
uz.wikipedia.org