Ukraina — Tailand munosabatlari




Ukraina — Tailand munosabatlari Ukraina va Tailand oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar hisoblanadi. 25 yil davomida Ukraina va Tailand 18 ta ikki tomonlama shartnoma-huquqiy hujjatlarni imzoladilar va yana bir qancha loyihalar tomonlar tomonidan kelishib olinmoqda. Ukraina Tailand bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Diplomatik munosabatlarning boshlanishi



1991-yil 26-dekabrda Tailand Qirolligi Ukraina mustaqilligini tan oldi, bu ularning xalqaro munosabatlarining boshlanishi boʻlgan. 1992-yil 6-mayda tegishli notalarni almashish orqal Ukraina va Tailand mamlakatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Ukraina va Tailand oʻrtasida savdo iqtisodiy va siyosiy jihatdan ilk bora aloqalar oʻrnatila boshlandi. Ukarina va Tailand mamlakatlarining milliy xoʻjalik tarkibida bir birini oʻrnini toʻldiruvchi mahsulotlar yetishtirilishi natijasida asosiy savdogar transportning dengiz turidan foydalanilmoqda.

Diplomatik munosabatlarni rivojlantirish



2002-yil 22-oktyabrda Ukrainaning Tailanddagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshladi, bu ushbu mamlakatlar oʻrtasidagi xalqaro munosabatlarni mustahkamlash uchun yangi bir imkoniyatlardan biri boʻldi. Tailand Qirolligi Ukrainani Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlish niyatida qoʻllab-quvvatladi. Ukraina va Tailand oʻrtasida Ukrainaning Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlishi kontekstida tovar va xizmatlar bozorlariga chiqish boʻyicha ikki tomonlama protokol hujjatlarini imzolandi.

BMT doirasidagi hamkorlik



2004—2005 yillarda qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik masalalari boʻyicha munozaralar doirasida Tailand va Ukraina diplomatlari piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi yangilangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyasini muhokama qilishda hamkorlik qildilar.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz