Ukkosha masjidi




Ukkosha masjidi — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Chorsuning jan.sharqida, Samarqand darvoza koʻchasida joylashgan. Ukkosha masjidi Toshkentning eng mashhur hamda suvi shifobaxsh hisoblangan qad. Ukkosha bulogʻi nomi bilan atalgan ("Chorsu" mehmonxonasi qurilishi munosabati bilan Chorsu jari yon bagʻrida joylashgan buloq berkitib tashlangan). Mezanali darvozaxona (19-asr oxiri — 20-asr boshi), xrvli, gʻarbda gumbazli xonaqoh, unga tutash ayvon va peshayvondan iborat (peshayvon va hovlining sharqidagi darvozaxona 20-asr oxirlarida kayta qurilgan). Xonaqoh devorlari kalin, 4 ravoqli. Gʻarbidagi ravoqqa mehrob ishlangan, qolgan ravoklariga eshik oʻrnatilgan. Linga qismi boʻrtikli, tashqi ravoq lingasi egri chizikli. Gumbazi ravoqlarga tayangan. Gumbaz osti ravoqbagʻallari oʻziga xos. Ayvon ustunlari 4,8 va 16 qirrali, ustun koʻzagidagi madohillar nafis ishlangan. Ukkosha masjidi Xoja Ahror Valiy tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz