Ujungpandang




Koordinatalari: 5°9′42.6956″S 119°26′10.1915″E / 5.161859889°S 119.436164306°E / -5.161859889; 119.436164306 G O

Ujungpandang (1970-yilgacha Makasar) — Indoneziyadagi shahar. Janubiy Sulavesi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,09 mln. kishi (1995). Indoneziyaning sharqiy qismidagi eng katta port, chetga kopra, kofe, ziravorlar, oʻrmon mahsulotlari va koʻnteri chiqariladi. Ujungpandang — Sulavesi oroldagi savdotransport, moliya va madaniyat markazi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qayta ishlanadi. Kema verfi, oziq-ovqat, toʻqimachilik, metallsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda qamish va palma barglaridan, kumushdan badiiy buyumlar tayyorlanadi. Universitet, institutlar va ilmiy tadqiqot markazlari bor.



uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz