Uitmen Uolt




UITMEN (Whitman) Uolt (181931.5, UestXils, Xantington, NyuYork shtata— 1892. 26.3, Kamden, NyuJersi shtati) — amerikalik shoir. Ijodida demokrata k ideallarni mujassamlashtirgan. U.ning "Maisa yaproqlari" (1855 — 91) toʻplamiga shoirning eng yaxshi asarlari kiritilgan. Asarning asosiy gʻoyalari transsendentalizm taʼlimoti bilan bogʻliq: koinot uzviyligi (garmoniyasi), doʻstlik qadriyatlari, insoniyat birdamligi, cherkov aqidalariga qarshi isyon va boshqa "Yangra, nogʻora!" (1865) sheʼriy toʻplami Ikkinchi jahon urushiga bagʻishlangan. Koʻpgina olimlar U. ni dunyo demokratiyasi shoiri deb taʼriflashgan. Uning sheʼrlarida ijodkor xalqning kelajakda mukammal demokratik jamiyat qurishiga ishonch ohanglari yangraydi. U.ning sheʼriyatga yangi mazmun va yangi shakl zarurligi haqidagi fikrlari "Koʻrgazma haqida qoʻshiq" (1871) dostonida oʻz aksini topgan. U. oʻz sheʼriyatining asosiy maqsadini barcha xalqlarning tengligi va qardoshligini kuylash deb taʼkidlagan. Yozuvchi oʻz ijodida yangi, yosh millat shakllanishini aks ettirishga harakat qilgan. Dadil novator boʻlgan: sheʼrga prozaik nutq unsurlarini olib kirgan. Vaznsiz va qofiyasiz erkin sheʼrni yanada takomillashtirgan. U. nasri ham uning sheʼriyati bilan bogʻliq. Nasriy asarlarida ham butun insoniyat birligi goyalarini ilgari surgan, fan va texnika taraqqiyotiga optimistik nazar bilan qaragan. Ayrim sheʼrlari Aziz Sayd tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Adabiyot






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz