Uilyam Tyorston




William Thurston (talaffuzi: Uilyam Tyorston) (30-oktyabr 1946-yil — 21-avgust 2012-yil) — amerikalik matematik. Thurston 1982-yilda 3-manifoldlarni oʻrganishga qoʻshgan hissasi uchun Fields medali bilan taqdirlangan. U 2003-yildan umrining soʻnggi kunlarigacha Cornell universitetida matematika va informatika fanlari professori boʻlib ishlagan.

Thurston Bell Laboratoriyasida muhandis va tikuvchi oilasida tugʻilgan. U 1967-yilda Florida shtatidagi New kollejni bitirgan. Thurston kollejdan soʻng Berkeleydagi California universitetiga oʻqishga kirgan va talaba sifatida Vetnam urushiga qarshi namoyishlarda qatnashgan. 1972-yilda Morris Hirsch rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Thurston doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng bir yil Prinstondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida boʻlib, undan keyin Massachusetts texnologiya institutiga dotsent sifatida taklif qilingan. U 1974-yilda Princeton universitetida professorlik darajasini olgan. U yerda 70-yillarning ikkinchi yarmi va 1980-yillarning boshlarida kichik topologiya sohasida asosiy natijalarga erishgan.

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz