Uilyam Jems




William James (talaffuzi: Uilyam Jems) (1842.11.1, Nyu-York— 1910.26.8, Chokorua, NyuXempshir) — amerikalik faylasuf va psixolog. Garvard universiteti professor (1872— 1907). Materializmga qarshi "radikal empirizm" namoyandasi va pragmatizm asoschisi. James erkin ijodiy shaxc hamda voqelikning koʻp shaklliligi (qarang Plyuralizm) gʻoyalarini ilgari surdi. Psixologiyada assotsiativ nazariya (qarang Assotsiatsiya)ga qarshi boʻldi. Asosiy asarlari: "Psixologiyaning ilmiy asoslari" (1890), "Pragmatizm" (1902), "Koinot plyuralistik nuqtai nazardan" (1909), "Diniy tajribaning xilma-xilligi" (1902).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz