Ug`ruq




Oʻgʻruq (chodir yoki oʻtovning yuqorisidagi uvuqlari, yogʻochlari) — moʻgʻul hamda turkiy xalqlar qoʻshinida asosiy jangovar qismlardan bir necha kunlik masofada ortda boradigan ogʻir karvon (oboz). Amir Temur odatga koʻra. Oʻ.ni atoqli sarkardalarga topshirgan. Oʻ.ni hukmdor harami, voyaga yetmagan mirzolar tashkil etgan. Oʻ.da lashkar uchun turli kasb egalari, chunonchi novvoylar, oshpazlar, qassoblar, taqachilar, kamonchilar, oʻqchilar, egarchilar, oziqovqat, meva bilan savdo qiluvchilar, hammomchilar va h.k. xizmat qilgan. Asosiy harbiy qismlar uchun moʻljallangan qurolyarogʻ, asbobanjom, yemxashak zaxirasi ham Oʻ.da mujassam etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz