Ugom




Ugom (Oqburxon, Tikanak) — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng irmogʻi. Daryo havzasi shim.dan Talas Olatovi, gʻarbdan Qorjontov, sharkdan Ugom tog tizmalari bilan chegaralangan. Bir necha buloq suvlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uz. 68,5 km, xavzasining maydoni 870 km². Ugom Chorvoq suv omborining quyi toʻgʻoni (bʼyef)dan oʻtgach, Chirchiq daryosiga quyiladi. Asosan, qor va qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryoning oʻrtacha yillik suv sarfi 43 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda), 12 m³/sek.gacha (kam suvli yilda). Toʻlinsuv davri martda boshlanadi, eng koʻp sutkalik suv sarfi aprel va iyunda boʻlib oʻtadi va 177 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 54,5 m³/sek.gacha (kam suvli yilda) yetadi. Toʻlinsuv davri avgustda tugaydi. Daryo tez oqadi, oʻzanida ostonalar hosil qilgan. Oʻrta oqimi vodiysida keng terrasalar, daraxtzor, butazor va oʻtloqlar mavjud. Daryo vodiysida Chorvoq qishlogʻi, dam olish uylari, bolalar oromgohlari joylashgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz