Ugo Chaves




Hugo Rafael Chávez Frías (ˈuɣo rafaˈel ˈtʃaβes ˈfɾi.as; talaffuzi: Ugo Rafael Chaves Frias; 28-iyul, 1954 — 5-mart, 2013) 1999-yildan to 2013-yili vafotiga qadar Venesuela prezidenti boʻlgan. 1997-yildan Beshinchi Respublika Harakati siyosiy partiyasi, 2007-yildan esa Venesuela Birlashgan Sotsialist Partiyasi (PSUV) rahbari boʻlgan. Oʻzining bolivarianizm va „XXI asr sotsializmi“ siyosiy mafkuralariga tayanib, u mamlakatda Bolivar inqilobi ijtimoiy loyihasi doirasida yangi konstitutsiya, ishtirokchi demokratik kengashlar, qator muhim sanoat sohalarining davlatlashtirilishi, sogʻliqni saqlash va maorif sohalarining davlat tomonidan moliyalashtirilishi oshirilishi, qashshoqlikni kamaytirish kabi sotsialistik islohotlar olib bordi.

Biografiyasi



Sabaneta shahrida ishchi oilasida tugʻilgan Chávez harbiy zobit boʻlib yetishdi. Venesuela siyosiy tizimidan koʻngli toʻlmaganidan keyin u 1980-yillar boshida uni toʻntarish uchun maxfiy Inqilobiy Bolivarian Harakat-200 (MBR-200) ga asos soldi. Chávez 1992-yilgi muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarilishiga urinishda MBR-200 harakatini prezident Carlos Andrés Pérez'ning Demokratik Ish partiyasiga qarshi olib chiqib, shu ishi uchun qamaldi. Ikki yildan soʻng u ozodlikka chiqib, Beshinchi Respublika Harakati nomli ijtimoiy demokratik partiyaga asos soldi va 1998-yilgi prezidentlik saylovida gʻolib chiqdi. Keyincha u marginallashgan guruhlarga kengroq huquqlar beruvchi va Venesuela hukumati tuzilishi oʻzgartiruvchi yangi konstitutsiya joriy etdi va 2000-yilgi umumiy saylovda qayta saylandi. Ikkinchi prezidentlik muhlatida u Bolivar vazifalari, kommunal kengashlar va ishchi-boshliq kooperativlar tizimi hamda yer islohoti dasturini kiritdi. 2012-yil 7-oktabrida Chávez galgi saylovda raqibi Henrique Capriles'ni yengib, toʻrtinchi bora saylandi.

Siyosatdagi faoliyati



Sobiq askar Chaves Venesuela siyosiy sahnasiga 1992-yilda amalga oshmagan harbiy inqilob bilan kirib keldi.
Qamoqda oʻtkazgan ikki yili ortidan u siyosatga qaytdi va 1998-yil boʻlib oʻtgan saylovlarda yirik dastak bilan prezidentlik lavozimini qoʻlga kiritdi.
Oʻzini sotsialist va inqilobchi deb atagan Chaves qashshoq qatlam orasida davomiy dastakka ega boʻlgan va Venesuelaning neft savdosidan yigʻilgan boyligini ijtimoiy siyosatlari yoʻlida qoʻllashi bilan soʻnggi saylovlarda ham gʻolib chiqqan.
Lekin, uning tanqidchilari Chavesni iqtisodni barbod qilish va mamlakatni diktatura sari etaklashda ayblab kelishgan.
Xalqaro sahnada Chaves AQSh „imperializm“ining ashaddiy tanqidchisi boʻlgan va Vashingtonni oʻziga qarshi 2002-yilda amalga oshmay qolgan davlat toʻntarishi harakatida ayblagan.

Chávez oʻz siyosatini anti-imperialist deb tasvirlagan, neoliberalizm va aralashmaslik kapitalizmini keskin tanqid qilgan. Umuman olganda Chávez AQSh tashqi siyosatining koʻzga koʻringan raqiblaridan biri edi. Oʻzini Kubadagi Fidel Castro kommunist hukumati va Boliviyadagi Evo Morales, Ekvadordagi Rafael Correa va Nikaraguadagi Daniel Ortega sotsialist hukumatlariga ittifoqchi tutgan Chávez hukumati ham Lotin Amerikasidagi sotsializm toʻlqini qismi boʻlib koʻringan. U Lotin Amerika integratsiyasi tarafkashi boʻlib, Janubiy Amerika Mamlakatlari Birlashmasi, Amerika Bolivar Ittifoqi, Janub Banki va TeleSur mintaqaviy televideniye tarmogʻini tuzishda koʻmaklashgan. Chávez ham vatanida, ham xorijda janjalli va kelishmovchiliklarga sababchi shaxs sifatida qabul qilingan.

2011-yil 30-iyunida Chávez saraton hujayralari aralash yiringlagan shishni olib tashlash maqsadida qilingan jarrohlik amaliyotidan tuzalayotgani haqida xabar berdi. 2012-yil dekabrida u ikkinchi amaliyotga ehtiyoj sezdi. 2013-yil 10-yanvarida u qasamyod etishi kerak edi, biroq Venesuela Milliy Assambleyasi inauguratsiyani u Kubadagi uchinchi amaliyotidan qaytib kelib, tuzalgunicha qoldirishga rozi boʻldi. Chávez 2013-yil 5-mart kuni 58 yoshida vafot etdi.

Shaxsiy hayoti



Chaves ikki marotaba uylangan. Birinchi turmushi Nensi Kolmenares (Nancy Colmenares) bilan 1992-yil ajrashgan. Ikkinchi hotini jurnalist Marisabel Rodriges Oropesa (Marisabel Rodríguez Oropeza) bilan 2002-yilgacha birga yashagan.

Besh farzandning otasi. Birinchi turmushidan toʻrt farzand: Rosa Virxiniya, Mariya Gabriela, Ugo Rafael (Hugo Rafael), Raul Alfonso (Raul Alfonzo) va ikkinchi turmushidan bir qiz Rosines (Rosinés) larning otasi.

Twitterda Ugo Chavesning oʻz mikroblogi bor. U mikroblogi orqali turli sovgʻalar ulashib ham turadi. Chaves Kuba yetakchisi Fidel Kastro va Boliviya Prezidenti Evo Maraleslarga ham Twitterda mikroblog yuritishga chaqirgan.

Salomatligi va oʻlimi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz