UGLEAMMIAKATLAR



UGLEAMMIAKATLAR —azotli suyuq o’g’it. Rangsiz yoki sarg’imtiryashil suyuqlik, ammiak hidi kelib turadi. Ammoniy karbonat yoki ammoniy karbonat va mochevinani ammiakda eritib olinadi. Tarkibida 18-35% azot (ko’pincha 25-29% atrofida), 12% so,, 4-7% erkin ammiak bor, zichligi 1,1 — 1,4 g/ sm3. U. germetik bekiladigan mustaqkam idishlarda tashiladi va saklanadi. Ugleammiakatlarni barcha qishloq xo’jalik ekinlariga ishlatsa bo’ladi. O’simliklarni oziqlantirishda mashinalar yordamida 10-12 santimetr chuqurlikda solinadi, sarf me’yori 100-200 kg/ga.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz