Uembli
Uembli stadioni (talaffuzi: Uembli stadionu) „Yangi Uembli“ nomi bilan ham tanilgan (inglizcha: New Wembley) Angliyaning London shahrida joylashgan futbol stadionidir. Stadion 2007-yilda eski „Uembli“ stadioni oʻrnida ochilgan. Eski Uembli, shuningdek, Empire (talaffuzi: Empyer) stadioni nomi bilan ham tanilgan, 2003-yilda buzib tashlanguniga qadar dunyodagi eng mashhur futbol stadionlaridan biri boʻlgan.
Yangi „Uembli“ 90 000 tomoshabin sigʻdira oladi va Yevropadagi Camp Nou stadionidan keyin ikkinchi eng katta stadion hisoblanadi. Bu erda Angliya milliy terma jamoasi oʻzining uy uchrashuvlarini oʻtkazadi. Ingliz futbolni boshqaruvchi boʻlgan tashkilot, yaʼni Angliya futbol uyushmasi (FA) stadionning egasi hisoblanadi.
Stadion loyihasi mualliflari Foster and Partners va Populous kompaniyalari hisoblanadi. Yangi stadion tomi ochiladigan qilib qurilgan. Oq rangdagi „Egizak minoralar“i boʻlgan eski „Uembli“ bilan taqqoslaganda, yangi stadion 134 m balandlikdagi „Uembli arkasi“ bilan mashhur. Ushbu poʻlat kamar dunyodagi eng uzun bir oraliqli tom inshooti xisoblanadi. Brookfield Multiplex kompaniyasi tomonidan qurilgan; qurilish xarajatlari esa £ 798 mln. boʻlgan. 2000-yil oktabr oyida eski „Uembli“ stadioni yopiladi va oʻsha-yilning dekabr oyida uni buzish boshlanadi. 2003-yilda yangi stadion ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, bir qator sabablarga koʻra, loyiha qoldirildi va eski Uembli faqat 2003-yil fevral oyida butunlay demontaj qilindi. Yangi Uembli 2007-yil 19-mayda foydalanishga topshirildi va ilk oʻyin Angliya kubogi finali boʻlib oʻtdi.
2012-yilda stadion 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarining futbol finaliga mezbonlik qilgan. Milliy terma jamoa oʻyinlaridan tashqari, „Uembli“da Angliya kubogi yarim finali va finali, Angliya Superkubogi oʻyinlari, Futbol Ligasi kubogi va Futbol Ligasi kubogi finali va Futbol Ligasi pley-off oʻyinlari oʻtkaziladi. 2011-yilda stadion UEFA Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qilgan. 2013-yilda Wembley yana UEFA Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qildi. Stadionda futboldan tashqari regbi ligasi va Amerika futboli oʻyinlari oʻtkaziladi. Uemblida konsertlar ham boʻlib oʻtadi.
Stadion
Yangi Uembli Foster and Partners va Populous arxitektura firmalari tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish Avstraliyaning Brookfield Multiplex kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan va investorlar Sport England, WNSL (Wembley National Stadium Limited), Angliya futbol assotsiatsiyasi, Madaniyat, ommaviy axborot vositalari va sport departamenti, shuningdek, London biznesni rivojlantirish agentligi edi. „Uembli “ qurilishi 798 million funt sterling turadigan dunyodagi eng qimmat stadionlardan biriga aylandi. Stadion shuningdek, dunyodagi barcha stadionlar orasida eng katta sigʻimli yopiq stadiondir. yangi Uembli uchun loyiha hujjatlarini tayyorlashda Nathaniel Lichfield and Partners kompaniyasi ham ishtirok etishdi.
Yangi 90 000 odamni oʻz bagʻriga sigʻdiruvchi „Uembli “ tomi suriladigan dizayniga asos qilib kosa shakli olingan. Undan atletika stadioni sifatida ham foydalanish mumkin: buning uchun loyiha pastki qavatlarda vaqtinchalik platforma qurish imkoniyatini nazarda tutiladi . Stadionning oʻziga xos xususiyati — diametri 7 metr va uzunligi 315 metr boʻlgan aylana kesmali, 133 metr balandlikda koʻtarilgan panjarali arka xisoblanadi. Arka shimoliy tomning butun ogʻirligini va janub tomonda tortiladigan tomning ogʻirligining 60 % ni koʻtarib turadi . Stadion arkasi dunyodagi eng uzun qotirilmagan tom inshootidir . Eski „Uembli“ning qirollik lojasiga olib boradigan dastlabki 39 ta zinapoya boʻlgan boʻlsa, yangi stadionda 107 zinapoya bor .
Stadionda shuningdek, agar stadiondan atletikachilarning chiqishlari uchun foydalanish mumkin boʻlgan platforma tizimi mavjud. Ushbu tizim yordamida stadion sigʻimi 60 000 ta joygacha qisqartiriladi. Yangi „Uembli“da shu kungacha hech qanday atletlarning sport musobaqasi oʻtkazilmagan.
Qurilish
"Uembli"ni taʼmirlashning dastlabki rejasi 2000-yilgi Rojdestvo oldidan eski stadionni buzib tashlash va 2003-yilgacha yangisini qurish edi. Biroq moliyaviy va huquqiy qiyinchiliklar tufayli ishning boshlanishi kechiktirildi. 2004-yilda London meri „Uembli “ hududini qayta tiklash va qayta qurish jumladan, stadion va uning atrofidagi hududlarni taʼmirlash rejalari kelgusi 20-30 yilga moʻljallanganini eʼlon qildi.
2006-yil 30-martda quruvchilar Uembli 2007-yilgacha tayyor boʻlmasligini eʼlon qilishdi . Rejalashtirilgan sport musobaqalari va konsertlar boshqa joylarga koʻchirildi. 2006-yil 19 iyunda stadionda maysazor yotqizilayotgani maʼlum boʻldi. 19-oktabr kuni esa FA va Multiplex oʻrtasidagi barcha kelishmovchiliklar bartaraf etilgani va stadion 2007-yil boshida foydalanishga topshirilishi maʼlum boʻldi. Stadion qurilishining umumiy qiymati (shu jumladan transport infratuzilmasini rekonstruksiya qilish) 1 milliard funt sterlingni (taxminan $1,97 milliard) tashkil etdi.
Stadion ochilishi
Yangi stadion 2007-yil 9-martda ochilib, FAga topshirildi. Stadionning rasmiy sayti 3-mart kuni „Uembli “ tashrif buyuruvchilar uchun ochiq boʻlishi haqida xabar bergan boʻlsa, aslida bu hodisa oradan 2 hafta oʻtib, 17-mart kuni sodir boʻldi.
11-may kuni stadionga kirish eshigi oldida oʻrnatilgan Bobbi Mur haykali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Haykaltarosh Filipp Jeksonning bronza yodgorligi ser Bobbi Charlton tomonidan ochildi. Bobbi Mur 1966-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan Angliya terma jamoasi sardori edi . Stadionning rasmiy ochilish marosimi 2007-yilning 19-mayida boʻlib oʻtdi va yangi „Uembli“da ilk oʻyin Angliya kubogi finali boʻldi.
Tuzilishi
Futbol maydoni
Yangi futbol maydoni eski stadionga qaraganda 4 metr (13 fut) pastroqdir. Maydonning oʻlchami 105 metrga 69 metr boʻlib eski Uemblinikidan biroz torroqdir . Yangi „Uembli “ ochilganidan beri maydondagi maydon sifati koʻp marta tanqid qilindi . 2009-yil aprel oyida Angliya kubogi yarim finalidan soʻng, „Uembli“dagi maydon sifati ser Aleks Fergyuson, Arsen Venger va Devid Moyes tomonidan tanqid qilinganida, FA maydonni yaxshilash kerakligini tan oldi. Stadion ochilganidan beri muhim uchrashuvlar oldidan maydon chimi bir necha marta oʻzgartirildi .
2010-yil mart oyida „Uembli “ 2007-yilda ochilganidan beri oʻninchi chim almashtirildi. Oʻsha-yilning aprel oyida Angliya kubogi yarim finalidan keyin maysa sifati yana tanqidga uchradi. Xullas, futbolchilar yogʻingarchilik kam boʻlishiga qaramay, maysazorda oyoqqa turish qiyin boʻlganidan nolidi. „Tottenxem Hotspur“ bosh murabbiyi Garri Rednapp yarim finalda Portsmutdan magʻlub boʻlganidan keyin maydonni „uyatli“(pozorom) deb atadi 2010-yilgi Angliya kubogi finali yakunida "Chelsi" sardori Jon Terri shunday degan edi: "Futbol maydoni finalni vayron qildi. Bu men bu-yil oʻynagan eng yomon maydon boʻlsa kerak. Bu „Uembli“dek stadion uchun mos emas" . Maydon 2010-yilgi Angliya Superkubogi oʻyini oldidan oʻzgartirilgan. Oʻshandan beri va hozirdan beri Wembley tabiiy oʻtlarni sunʼiy tolalar bilan birlashtirgan Desso GrassMaster maysazoridan foydalanadi.
Tom qismi
Stadion tomining maydoni 40 000 м², tashkil etadi, shundan 13 722 м² harakatlanuvchi qismlardir . Ochiladigan tomdan foydalanishning asosiy sababi futbol maydonida soyadan qochish edi, chunki chim samarali oʻsishi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurini talab qiladi . Stadion bosh arxitektori Angus Kempbell ham uning maqsadi may oyi boshidan iyun oyi oxirigacha, Angliya kubogi va jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan 15:00 dan 17:00 gacha oʻyinlar uchun maydonni tabiiy quyosh nuri bilan taʼminlash ekanligini aytadi. Ochiladigan tom dizayni futbol maydoniga tushadigan soyalarni kamaytiradi, chunki tom sharqqa, gʻarbga va janubga siljishi mumkin .
Stadionning tomi futbol maydoni sathidan 52 metr balandlikda va tashqi vestibyul dan 133 metr balandlikdagi arka bilan mustahkamlangan. Arkning uzunligi 315 metr boʻlib, u dunyodagi konstruksiyasi eng uzun bir oraliqli tom inshooti xisoblanadi .
Musiqa
Boʻlib oʻtgan konsertlar
Futbol oʻyinlari
Yangi „Uembli“dagi birinchi oʻyin Multiplex jamoalari va stadion xodimlari oʻrtasidagi oʻyin boʻldi va u tomoshabinlarsiz oʻtdi . „Uembli“da professional futbolchilar bilan birinchi rasmiy oʻyin 2007-yil 24 martda boʻlib oʻtdi: bu Angliya yoshlar terma jamoasi va Italiya yoshlar terma jamoasi oʻrtasidagi oʻyin boʻlib u 3:3 hisobida yakunlangan edi.
2007-yil 19-may kuni yangi „Uembli“da Angliya kubogi finali boʻlib oʻtdi, unda „Chelsi“ qoʻshimcha boʻlimlarda „Manchester Yunayted“ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. 2007-yil 1 iyunda Angliya terma jamoasi yangi „Uembli“da Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida birinchi oʻyinini oʻtkazdi.
2011-yilning 28-mayida Wembley 2010/2011--yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga mezbonlik qildi, unda Ispaniyaning "Barselona"si va Angliyaning „Manchester Yunayted“ klublari oʻynadi. 2013-yilning may oyida Uembli yana UEFA Chempionlar Ligasi finalini qabul qildi, unda ikki nemis klubi Dortmundning „Borussiya“si va "Bavariya" toʻqnash keldi. Bu final Angliya futbol assotsiatsiyasi tashkil etilganligining 150-yilligini nishonlash munosabati bilan boʻlib oʻtdi.
2016-yilning avgustidan buyon „Tottenxem“ UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi uy oʻyinlarini „Uembli“da oʻtkazdi. 2017/18 mavsumi va 2018/19-yilgi mavsumning koʻp qismida „Tottenxem“ barcha uy oʻyinlarini (liga, milliy kuboklar va Evropa musobaqalari) „Uembli“da oʻtkazdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org