UDONELLIDLAR



UDONELLIDLAR (Udonellida) kiprikli chuvalchanglar turkumi. 3 turi bor. Tanasi tsilindrsimon, keyingi uchida yopishqoq so’rg’ichi bor. Ichagi halqasimon, jinsiy bezlarni o’rab turadi. Ilgari Udonellidlar monogeniyalarga kiritilgan; hozir yassi chuvalchanglar tipining alohida sinfi sifatida karaladi. Udonellidlar dengiz baliqlarida parazitlik qiladigan kurakoyoqli qisqichbaqasimonlarning tashki kommensali hisoblanadi. Uzunligi 3 millimetrgacha. Tuxumlarini uzun poyacha yordamida xo’jayini tanasiga yopishtirib qo’yadi. Metamorfozsiz rivojlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz