Udmurt tili




Udmurt tili — perm tillaritn biri. Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasida, qisman Boshqirdiston va Tatariston respublikalarida, Kirov va Perm viloyatlarida hamda Krzogʻiston, Ukraina, Oʻzbekiston va Belarus respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 747 ming , jumladan, Udmurtiyada 497 ming kishi (20-asrning oxirlari). Udmurt tilining 2 lahjasi bor: shim. (bir qancha shevalar hamda bessermyan etnik guruhining tili) va jan. (Udmurtiya jan.dagi shevalar hamda Vyatkaorti va Kamaorti shevalari). Udmurtiyaning oʻrta hududlarida oraliq shevalar xam uchraydi.

Udmurt tili boshqa perm tillaridan baʼzi unlilar va undoshlarning qoʻllanish oʻrni (mas, o ning soʻzning faqat birinchi boʻgʻinida kelishi), urgʻuning soʻzdagi oxirgi boʻgʻinga tushishi, 2 xil tuslanishning mavjudligi, oʻziga xos feʼl shakllari bilan farkdanadi. Leksikasida koʻplab turkiy oʻzlashmalar bor. Udmurt tilidagi dastlabki yozma yodgorliklar 18-asrning 30-yillariga mansub. Yozuvi rus grafikasi (kirillitsa) asosida 18-asrda yaratilgan. Hozirgi adabiy Udmurt tili shim. va jan. guruh shevalariga mansub grammatik belgilar va leksikaning oʻziga xos qoʻshilmasidan iborat.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz