Udaychi




Hudaychi , hudaychi (arab. – boshqarmoq, yoʻl koʻrsatmoq) – Oʻrta Osiyoda amir yoki xon saroyidagi mansab. Hudaychi 2 darajaga boʻlingan: „hudaychiyi dasti rost“ („oʻng qoʻl hudaychi“) va „hudaychiyi dasti chap“ („chap qoʻl hudaychi“). Ular oliy hukmdorning oʻng va chap yonida turib, saroyda oʻtkaziladigan turli marosim va tantanalarni boshqargan. Birinchisining haq-huquqlari ikkinchisinikidan bir oz kengroq boʻlgan. Har ikkisi ham boshqa amaldorlardan farq qilish uchun qizil hassa (aso) tutgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz