Uchuvchisiz havo apparati
Uchuvchisiz uchish apparati (
UUA ; shuningdek, soʻzlashuvda „dron“, от inglizcha: drone — truten) — bortida uchuvchi odam boʻlmagan uchish apparatidir. Bunday apparatlar yoki avtomatik, yoki uzoqdan boshqariladi. OHA josuslik yoki jangovar amaliyotlar olib borishi mumkin. Noharbiy vazifalarni ham bajaradi, masalan oʻt oʻchirish, geologik qidiruv va hk.
Konstruktsiyasi
UUAda uchuvchining yoʻqligi uchuvchili samolyotga xos boʻlgan bir qator cheklovlarni olib tashlaydi, bu ularning dizayniga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin:
Oʻzbekistonda
Ishlab chiqarish
2022-yil yanvarda Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tasarrufida Uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilib, unda xalqaro texnik talab va standartlarga toʻliq javob beradigan “LOCHIN” nomli uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Taʼkidlash oʻrinliki, ikki hil maqsadda foydalanishga moʻljallangan mazkur milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor Oʻzbekistonda oʻzlashtirildi va yoʻlga qoʻyildi.
Markaz uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ishlab chiqarish, yigʻish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur yigʻuv jamlanmalari, texnologik va maxsus uskunalar, tekshirish (test laboratoriya) moslamalari kabi texnologik jihozlar bilan toʻliq taʼminlandgan.
Xaridlar
Amerika Qoʻshma Shtatlarning „AeroVironment“ kompaniyasi Oʻzbekistonga 2019-yilda toʻrtta „RQ-11 Ravenmini PUA“ uchuvchisiz uchish apparatini yetkazib bergan.
Shuningdek, ushbu kompaniya AQShning tashqi harbiy sotuvi (inglizcha: Forighn Military Sale) dasturi doirasida „Puma 3 AE“ kichik uchuvchisiz uchish apparatlarini Oʻzbekistonga yetkazib beradi. AQSh armiyasining shartnomalar boʻyicha qoʻmondonligidan 8,54 million dollarlik kelishuv boʻyicha uchuvchisiz uchish apparatlari 2022-yil 30-noyabrgacha yetkaziladi.
AQSh Mudofaa vazirligi shartnoma boʻyicha qancha „Puma 3 AE“ droni taqdim etilishini oshkor qilmagan boʻlsa-da, „Shephard Defence Insight“ bunday dronning bittasini taxminan 225 000 dollarga baholadi. Shundan kelib chiqib, Oʻzbekistonga 38 ga yaqin uchuvchisiz uchish apparatlari keltiriladi, deganidir.
P
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org