Uchtishli sutlama




Uchtishli sutlama ( lotincha: Euphorbia triodonta) — sutlamadoshlar (Euphorbiaceae) oilasiga mansub ikki pallali o‘simlik turi. Hozirgi taksonomik nomlanishini 1949-yilda rus botaniki Yaroslav Ivanovich Proxanov tomonidan qayd etilgan .

Sinonimik nomlanishi — Tithymalus triodontus Prokh. basionym.

Qisqacha tavsifi



Oʻzbekiston endemigi.

Bo‘yi 6–15 sm, tuksiz, ko‘k-yashil rangli, bir yillik o‘t hisoblanadi. Poyasi qisqa, deyarli asosidan shoxlanadi. Poyadagi barglari bandsiz, tekis qirrali, pastki 2 juft barglari qarama-qarshi, qolganlari galma-gal bilan joylashgan, uzunligi 4,5–5 mm, eni 1–1,5 mm. Guloldi barglari qarama-qarshi joylashgan, qalami, uzunligi 10–15 mm, eni 1,5–4 mm, uchta tomirli. To‘pguli ayri bo‘lib shoxlangan, tarvaqaylagan. Ko‘sakchasining uzunligi 3–3,5 mm, eni 2–2,5 mm. Urug‘i cho‘zinchoq, olti qirrali, uzunligi 1,5–2 mm, oqish yoki kulrang tusda bo‘ladi. Aprel oyida gullab, mevasi may–iyun oylarida yetiladi.

Tarqalishi



Ushbu o‘simlik turi Surxondaryo viloyati: Surxon Sherobod vodiysi (Sherobod atroflari)da tarqalgan. Gipsli va sho‘r tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Muhofaza choralari



Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. O‘zbekistonning janubiy hududiga xos juda noyob endemik tur sanaladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz