Uchtepa (Almati viloyati)




Uchtepa (qozoqcha: Yштөбе) — Qozogʻistondagi shahar (1961-yildan), Almati viloyati Qaratal tumanining markazi, temir yoʻl stansiyasi. Viloyat markazi Taldiqoʻrgʻan shahridan shimoliy-gʻarbga tomon 51 km oraliqda, Qoratol daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Aholisi 24,7 ming kishi (2012). Shaharga 30-yillarning boshlarida Turkiston-Sibir temir yoʻlining qurilishiga binoan asos solingan.

Sanoati



Korxonalaridan Uchtepada mexanik taʻmirlash, yogʻ zavodlari, kigiz uy, tikish fabrikalari, goʻsht kombinatlari, “Frunze” tajriba-xoʻjalik stansiyalari, “Paltel” MchJ-i, “Опытное” qishloq xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish mahkamalari, bosmaxona, gʻalla ombori, neft tashish avtomabil bazalari mavjud.

Ijtimoiy soha



Uchtepa shahrida 4 oʻrta, sport, musiqa maktablari, bolalar bogʻchasi, 3 kutubxona, tuman kasalxonalari, tubdispanser, san-epidstansasi, 2 dorixona va boshqa mahkamalar faoliyat yuritmoqda.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz