Uchqo`rg`on Gidrouzeli
Uchqoʻrgʻon gidrouzeli - Norin daryosi quyi oqimida, Qirgʻiziston Respublikasida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshooti; Kamma Namangan kapali va Chapqirgʻoq Uchqoʻrgʻon kanallariga suv olishni taʼminlaydi, elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalaniladi. Gidrouzel toʻgʻoni 1964—66 yillarda hozirgi koʻrinishda qurib bitkazilgan. Ombordagi suv bosimi 35,7 m dan 18,5 m gacha oʻzgarib turadi. Toʻgʻon jami 3300 m³/s gacha, shu jumladan, GES turbinasi orqali 760 m³/s suv oʻtkazish qobiliyatiga ega. Toʻgʻonning umumiy uz. 100 m, balandligi 56 m.
Uchqoʻrgʻon gidrouzeli tarkibiga suv tushirgichli beton toʻgʻon, chap qirgʻoq tuproq toʻgʻon, Katta Namangan va Chapqirgʻok, Uchqoʻrgʻon kanallarining bosh suv olish rostlagichlari, GES binosi va ochiq suv taqsimlash qurilmalari kiradi. GES oʻzanli tipga mansub boʻlib, uning binosi toʻgʻonning chap qirgʻogʻida joylashgan ikki agregatli blokdan iborat. Turbinalarga suv toʻgʻon tanasining yuqori qismida joylashgan suv olgichlar vositasida uzatiladi, ulardan pastrokda umumiy suv sarfi 2320 m³/s boʻlgan 8 ta tubidan suv tashlagichlar qurilgan. Suv olgich va tubidan suv tashlagichlarni bunday holatda qoʻllash turbinalarga turli oqiziqlarning tushishiga yoʻl qoʻymaydi.
uz.wikipedia.org