Uchqir Gaz Koni




Uchqir gaz koni - Buxoro viloyati Jondor tumanidagi kon, Gazli shahridan 40 km gʻarbda. 1960-yilda ochilgan, 1968-yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi choʻl tekisligidan iborat. U.g.k. Uchqir strukturasi — shim.garbiy yoʻnalishda choʻzilgan braxiantiklinalda joylashgan. Strukturaning geologik tuzilishi uning yakinidan oʻtgan Buxoro yorigi taʼsirida murakkablashgan. Yuqori boʻr davrining senon yarusi gil qatlamlarining tagidagi burma gumbazi ikkita: shim.gʻarbiy va jan.sharqiy qubbalardan tarkib topgan. Ikkala qubbadagi gaz uyumlarining tashqi gazlilik tuzilishida chegarasi umumiy. U.g.k. koʻp qatlamli boʻlib, uning geologik tuzilishida paleozoy, mezozoy va kaynozoy jinslari mavjud. Gaz uyumlari quyi boʻr va yuqori yura davri yotqiziqlarida ajratilgan gorizontlarda topilgan. Gaz uyumida neft xoshiyasi mavjud. Uyumlar oʻlchami moye holda 25x11 km, bal. PO m va 14,5x7 km, bal. 28,0 m. Uyumlari qatlamli, gumbazsimon, 1530–1660 m va 1680–1770 m chuqurlikda ochilgan. Gazlilik may. 1630 ming m2. Gorizontlar kumli alevrolit, zich ohaktosh; dolomit, gil, alevrolit va qumtoshlar bilan qavatlangan ohaktoshlardan tarkib topgan. Ularning umumiy qalinligi 10–25 m. Uyumlar qatlamli, gumbazsimon, oʻlchami moye holda 17x5 km, bal. 46 m; 6,5X3,2 km, bal. 15 m va 22x 14 km, bal. 46 m. Hamma gorizontlardagi qatlam suvlari yuqori darajada minerallashgan boʻlib, namakob turiga mansub. Kimyoviy tarkibiga koʻra, xlorkaltsiyli. Mikrokomponentlardan: yod, brom, bor uchraydi. Kondan hozirgi kunda foydalanilmokda.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz