Uchma




Uchma , otashak (Ceratocephalus Moench.) — ayiqtovondoshlarga mansub bir yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda 2 turi — toʻgʻritumshuq U. (Ctesticulatus (Crants) Bess.) va ilmoqtumshuq U. (S. falcatus (L.) Pers.) oʻsadi. Toʻgʻritumshuq U. poyasi 1—7 sm, ilmoqtumshuq U.ning boʻyi 3—10 sm, tumshugʻi qayrilgan. Bargi panjasimon kambar boʻlakchali, ildiz boʻgʻzida joylashgan. Guli sariq. Mevasi tumshuqsimon oʻsimtali, poya uchida boshoqqa oʻxshab toʻplangan. Urugʻi kuzdagi birinchi yomgʻirdan keyin unib chiqadi; mart— aprelda gullab urugʻlaydi. U. choʻl va adirlardagi oʻtloqlarda, ekinlar orasida koʻp uchraydi. Tarkibida zaharli modda bor. Toʻgʻritumshuq uchma, U.dan koʻpincha qoʻy va echkilar zaharlanadi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz