Uchko'prik tumani





Uchkoʻprik tumani  — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda Bagʻdod tumani bilan qoʻshib yuborildi. 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzildi. Sharqdan Bagʻdod, Buvayda, shimol va gʻarbdan Dangʻara, Qoʻqon shahri, gʻarb va janubi-gʻarbdan Oʻzbekiston janubiy-sharqdan Rishton tumanlari bilan chegaradosh. 0,28 ming km². Aholisi 164 ming kishi (2004). Tumanda 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Kenagas, Mehnatobod, Navroʻz, Poloxon, Sariqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Chorbogʻ, Yangiqishloq, Gʻozigʻijdon) bor. Markazi — Uchkoʻprik qishlogʻi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, qoraqalpoq, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 586 kishi.

Tabiati



Relyefi, asosan, tekislik. Janubiy qismi Turkiston tizmasining shim. etaklaridagi adirlar, markaziy qismi qad.dan dehqonchilik qilib kelinayotgan tekisliklardan iborat. Shimoliy va shim.sharqiy qismi Markaziy Fargʻonaga tutashgan. Adirlar tuman hududida bir necha km masofaga choʻzilib boradi. Ular Soʻx daryosi yoyilmasining qad. konglomeratlaridan iborat. Iklimi kontinental. Qurama, Chatqol va Fargʻona tizma togʻlari shim.dan keLadigan sovuq shamollarni toʻsib turadi. Shu sababli bu yerda qish iliq. Oʻrtacha yillik tra 13,5°. Iyulda 27— 28°, eng yuqori tra 42°, yanvarda —2,2, eng past tra —23°. Vegetatsiya davri 235 — 240 kun. Oʻrtacha yillik yogʻin 100—N5 mm.

Ekin maydonlari Sux daryosidan suv oladigan — Kartan kanali va Katta Fargʻona kanalidan sugʻoriladi. Umumiy uz. 104 km boʻlgan 7 katta ariq — Kartan, Xon, Sobirjon, Kalamush, Gʻijdon, Oqqoʻrgʻon, Qoʻqon ariqlari mavjud. 624 km uzunlikdagi 105 kollektor bor. Achchiqkoʻl va Shimoliy Bagʻdod kollektorlari yer osti sizot suvlarini Sirdaryoga quyadi. Sizot va bulok, suvlaridan toʻyinadigan Yangiqadam arigʻi qoʻshimcha suv beradi. Soʻx gidrouzeli — muhim gidrotexnika inshooti ishlab turibdi. Bundan tashqari, tumandagi aholi punktlari va chorvachilik fermalari 130 ga yaqin artezian qudukdaridan suv oladi.

Adir va adir etaklariga yondashgan yerlarda sugʻoriladigan boʻz, och boʻz, markaziy qismida sugʻoriladigan oʻtloqi, oʻtloqi botqoq tuproqlar, shim. va shim.sharqiy qismida shoʻrxok va qumoq tuproqlar tarqalgan. Adir va adir etagi tekisliklarida efemer va efemeroid oʻsimliklar, yulgʻun, oqbosh, taroqbosh, bugʻdoyiq, qamish, qoʻgʻa, shoʻra, ajriq, kakra, qumli maydo nlar va qum tepalarida qandim, cherkez, qum qiyogʻi, yantoq kabi oʻsimliklar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, quyon, qizilkuyruq, qumsichqon, jayra, qoʻshoyoq, kalamush, oʻqilon, chipor ilon, kaltakesaklar; qargʻa, chumchuq, chugʻurchiq, soʻfitoʻragʻay, qashqaldoq, bedana va boshqa bor.

Iqtisodiyoti



Paxtachilik — tuman xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Tumanda 380 ta shirkat, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Tuman sanoat korxonalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, asfaltbeton, meva va sabzavot konservalash, gʻisht zavodlari, avtokorxona, MTP, 4 qoʻshma, 350 kichik xususiy korxonalar, 4 yirik sanoat, shuningdek, qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarga paxta, beda, sholi, don, sabzavot va poliz, yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Subtropik mevalar (mas, anjir) ham yetishtiriladi. Tuman jamoa va shaxeiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Tuman hududidan Andijon—Moskva, Bishkek—Jalolobod poyezdlari oʻtadi. 53 ta umumiy taʼlim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, musika maktablari, markaziy kutubxona va uning tarmoklari ishlab turibdi. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, 40 dan ortiq qishloq vrachlik punkt, 2 tez tibbiy yordam koʻrsatish stansiyasi mavjud.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz