Uchinchi reyh




Uchinchi reyx yoki Natsistik Germaniya (nemischa: Drittes Reich, «uchinchi imperiya») — 1933 yilning 24 martdan 1945 yil 23 maygacha Olmoniyaning norasmiy nomi. Bir qator tarixchilar Olmoniya kapitulyatsiya eʼlon qilgan kun – 8 mayni Uchinchi reyxning qulashi bilan adashtiradilar. Rasman u 23 mayda, Karl Dyonits boshchiligidagi Flensburg hokimiyati hibsga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatgan. Shuningdek, ushbu davlatning fashistik Olmoniya , Mingyillik reyx kabi norasmiy nomlari ham mavjud.

Veymar Respublikasini almashtirish uchun hokimiyat tepasiga Adolf Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik partiya keldi. Gitler Uchinchi reyxning faoliyatidagi amaldagi yagona reyxskansleri boʻlgan.

Termin «uch podsholik» haqidagi oʻrtaasrlarning mistik taʼlimotidan olingan. Ushbu taʼlimot nemis milliy adabiyotida keng qoʻllanilgan. Birinchi imperiya oʻrta asrlarda hukm surgan olmon xalqlarining Muqaddas Rim imperiyasi hisoblangan. Uning asoschisi Otton I boʻlgan va u 1806 yilga qadar hukm surgan. Ikkinchi imperiya 1871 yilda asos solingan va 1918 yilda amaliy jihatdan (yuridik jihatdan emas) tugatilgan. Uchinchisi yangilangan, Birinchi Jahon urushidagi magʻlubiyatdan keyin ruhi koʻtarilgan va revolyutsiyalardan hosil boʻlgan yangi milliy Olmoniya boʻlishi kerak edi va u ming yil yashashi kerak edi. Natsistlar terminni oʻng kayfiyatdagi mashhur publitsist Meleren van den Bruk tomonidan nashr etilgan «Uchinchi reyx» kitobidan bevosita olishgan edi.

Saytlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz