Uchar tulkilar
Katta qanotlilar , uchar itlar, uchar tulkilar (Megachiroptera) — qoʻlqanotlilar kenja turkumi. Yirik (tanasining uz. 6 sm dan 40 sm gacha, qanotlari yoyilganida 1,7 m gacha) boʻlishi bilan boshqa qoʻlqanotlilardan farq qiladi. Qoʻlqanotlilarning eng yirigi. Oldingi oyoq panjasining I va II barmoqlarida tirnoqlari bor. Koʻpchiligining dumi boʻlmaydi. Tish boʻrtigʻi yassi, oʻsimlikxoʻr hayvonlarnikiga oʻxshash. Quloq suprasi chetlari yopiq boʻlishi bilan koʻrshapalaklardan farq qiladi. Koʻzlari yaxshi rivojlangan. Exolokatsiya xususiyati faqat uchar tulkilarda aniqlangan. Exolokatsion signallar koʻrshapalaklarnikiga oʻxshash boʻgʻizda emas, balki tili orqali generatsiyalanadi. Bitta oila, 50 ga yaqin urugʻ va 150 turni oʻz ichiga oladi. Sharqiy yarim sharning tropik va subtropik hududlarida (Shim.da Misrgacha), Jan. Yaponiyada tarqalgan. Kundu-zi daraxtlarning shox-shabbalari orasiga, baʼzan, gʻorlar va gʻoyalarning yorigʻiga yashirinib oladi. Koloniya boʻlib (baʼzan, bir necha ming individlardan iborat) yashaydi. Asosan, mevalar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik mayda K.q. gullar changi va nektar bilan oziqlanib, tropik oʻsimliklarning changlanishida ishtirok etadi. Mevaxoʻrlari ayrim hududlarda birmuncha ziyon yetkazadi. 4 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org