Uchar Baliqlar




Uchar baliqlar (Exocoetidae) -sargansimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Uz. 15—50 sm. Jagʻlari qisqa, koʻkrak va ayrimlarida qorin suzgichlari uzun. 7 urugʻi, 60 dan ortiq turi tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan. Baʼzan toʻda hosil qiladi. Suv ustida uchish xususiyatiga ega (nomi shundan). Xavf sezganda suvdan 10m gacha balandlikda ucha oladi, baʼzan 400m masofaga uchib boradi. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining tropik xamda subtropik qismida yashaydi. Yapon uchar baligʻi, oddiy uzunqanot kabi turlari bor. Planktonxoʻr. Uvildiriqlarini suvoʻtlar yoki boshqa narsalarga yopishtirib qoʻyadi. 1—24 ming uvildiriq tashlaydi. Ovlanadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz