UCell




UCell Oʻzbekistonning yirik uyali aloqa operatorlaridan biri „COSCOM“ MChJ savdo belgisidir. 2008-yil may oyigacha shirkat nomi bilan, COSCOM deb atalgan. Brend nomi Yusell deb talaffuz etiladi, bunda U harfi „Uzbekistan“ni bildiradi, Cell soʻzi „cellular“ (uyali) atamasining qisqartmasidir. Shirkatning general rahbari - Ali Agan.

Tarixi




COSCOM MChJ 1996-yil aprel oyida MCT Telecom Corp hamda mahalliy hamkor orasidagi qoʻshma korxona tarzida tashkil etilgan. 1997-yildan boshlab COSCOM Xalqaro GSM Assotsiatsiyasi aʼzosi hamda 1998-yildan esa Rossiya GSM Assotsiatsiyasi aʼzosidir. 2007-yil iyul oyida TeliaSonera & Turkcell shved-fin shirkati COSCOM MChJning asosiy hissadoriga aylandi (TeliaSonera COSCOMning katta qismini sotib oldi). 2009-yil iyul oyida Ucell 4 million abonentga ega boʻlib, Oʻzbekistondagi ikkinchi aloqa operatoriga aylandi. Hozirgi kunda ushu aloqa operatorining abonentlari 8 milliondan oshdi.
2018-yil 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi Shvesiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan COSCOM ustav kapitalidagi 100% ulushi $215 millionga va Telia guruhining COSCOM kompaniyasiga $485 million miqdorida qarz majburiyatlarini toʻlab sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, Gulnora Karimova kompaniyaning aksiyalariga aloqasi yoʻqligi aniqlangan.

COSCOM MCHJ 2021-yilning 29-sentabr kuni USM Telecom hamda MegaFon bilan birgalikda Digital Holding qoʻshma korxonasini tuzish bosqichini yakunlashdi.

Hozirda Ucell Oʻzbekistonda eng koʻp abonientga ega aloqa operatori sanaladi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz