Ubushinwa




Xitoy , Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國  — 中华人民共和国  — Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó ), XXR  — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng koʻp va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 394mln. kishi (2003). Poytaxti — Pekin shahri. Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rayon va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi



Xitoy Xalq Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988-yil 4-dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999-yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi — XXR raisi (2012-yildan Si Jinping) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rayon, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 yil Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 yil

Tabiati



XXR, asosan, moʻtadil va subtropik mintaqalarda (janubiy qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Mamlakatning sharqi dengiz boʻyi pasttekisliklari, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bilan band. Xitoyning gʻarbi esa baland togʻlik, kata tizmalar, keng yassitogʻlik va botiqlardan iborat. Xitoy qirgʻoq chizigʻining uz. 15 ming km chamasida. Kichik qoʻltiq va buxta koʻp. Yirik yarim orollari: Shandun va Lyaodun.

Xitoy — murakkab orografiyaga ega boʻlgan togʻli oʻlka. Mamlakatning janubi-gʻarbida Tibet togʻligi, undan shimolroqda Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklar mintaqalari va atrofi togʻlar bilan oʻralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet togʻligi Xitoyning eng baland qismidir (oʻrtacha bal. 4500 m ga yaqin).

Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklari gʻarbda bir-biridan Sharqiy Tyanshan togʻlari bilan ajralgan. Qashqar tekisligi va Jungʻariya tekisligini oʻz ichiga oladi. Ularga janubi-sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan togʻlari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili boʻylab shimolidan jan.ga choʻzilgan va tog tizmalari bilan oʻralgan.

Xitoyda foydali qazilmalardan toshkoʻmir va yonuvchi slanes, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor.

Xitoy iqlimi gʻarbda kontinental, sharqda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo temperaturasining farqi katta. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xarbinda —20,4°, Pekinda —4,6°, iyulniki xuddi shu joylarda 23° va 26°. Yillik yogʻin Sharqiy Xitoyda 500–2000 mm (koʻp qismi yozda yogʻadi). Gʻarb va shimoli-gʻarbga tomon ikdimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq (Turfon botigʻida iyulning oʻrtacha temperaturasi 34°), kish sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xitoy shimolida (Xaylar) — 28°, gʻarbida (Urumchi) — 14,9°. Yillik yogin 250 mm dan kam, Qashqar tekisligi va Saydamda 50 mm dan kam. Tibet togʻligida kish juda sovuq, yozi esa salqin. Gartokda (Hind daryosining yuqori qismi) yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 11,8°, iyulniki 11,8°. Traning sutka davomidagi farqi katta. Kuchli shamollar esadi. Xitoyning baland togʻlarida muzliklar bor, lekin yogʻin kamligidan ularning maydoni katta emas (100 ming km² chamasida).

Tuproqlari Xitoyning sharqiy qismida chimli podzol, qoʻngʻiroʻrmon, sariqjigarrang, sariq va har xil qizil tuprokdar, dare vodiylarida esa allyuvial tuprokdar tarqalgan. Dengiz sohidlarida shoʻrlangan tuprokdar uchraydi. Xitoy gʻarbiy qismining tuprogʻi choʻlga xos kashtan, qoʻngʻir, sur tusli qoʻngʻir tuproklar, togʻ oldi tekisliklari va togʻlarda boʻz, togʻkashtan va togʻoʻtloq, Tibet togʻligida esa sovuq choʻlga xos tuprokdar.

Xitoyda daryo koʻp. Mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi. Yiriklari — Yanszi, Xuanxe, Sungari, Chjutszyan. Mekong, Saluin, Braxmaputra daryolarining bir qismi ham Xitoydan oqib oʻtadi. Xitoy gʻarbida daryolar kamsuvli, ayrimlari yozda qurib qoladi. Ularning yiriklari — Yorkend va Oqsuv. Koʻl koʻp; asosiylari — Kukunor, Duntinxu, Poyanxu.

Xitoyning sharqiy qismida juda xilma-xil (25 mingdan ziyod) oʻsimlik turi mavjud. U yerda aholi qadimdan zich yashaganligidan oʻrmon, asosan, togʻli yerlarda qolgan. Pasttekisliklarning hammasi ekinzor va bogʻ. Yanszi daryosi quyi oqimidan janubida doim yashil subtropik, eng janubida tropik oʻrmon va mangra chakalakzorlari mavjud. Xitoyning gʻarbiy qismida yuksak oʻsimliklarning turi 5 mingdan oshadi. Xingan togʻlari etagidagi dashtlarda boshokdi oʻtlar, Tibet togʻligidagi choʻllarda oʻt va butalar oʻsadi. Togʻ vodiylari subalp oʻtlokdari va oʻrmonli dashtdan iborat.

Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Umurtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. Xitoyning janubiy va janubi-gʻarbida tropik mintaqaga xos hayvonlardan har xil maymunlar, lemur, lori, karkidon, tapir, yoʻlbars; sharqida uchqir, mangust, qoplon va hokazo uchraydi. Xitoyning shimoli-sharqida Sibir tayga faunasiga xos hayvonlar, choʻllarda ot, qulon, jayran, ikki urkachli tuya, yumronqoziq, dasht va togʻ dashtida kiyik, qumsichqon, yovvoyi qoʻy, echki, turli yirtqich va sudralib yuruvchilar yashaydi. Bir necha qoʻriqxona bor.

Tabiat hodisalari



Vaqti-vaqti bilan Xitoyda tayfunlar boʻlib turadi, 2021-yil 25-iyulda Xitoyning sharqidagi Chjensyan provinsiyasiga In-fa tayfuni yopirildi. Tayfun episentri yaqinida shamol tezligi soniyasiga 38 metrgacha yetgan.

Aholisi



Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95 % i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning koʻpi mamlakatning sharqiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida soʻzlashadi. Xitoyning shimoli-gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, salorlar va boshqa, shimoliy va shimoli-sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimoli-sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va janubi-gʻarbida tibet-birma xalqlari, janubida tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqa yashaydi. Sintszyanning janubi-gʻarbida pomir tojiklari xam bor.

Dindor xitoylar buddizm (shimoliy tarmogʻi), daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizm-lamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalqlarning koʻpchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tili. Yirik shaharlari: Shanxay, Pekin, Tyantszin, Lyuyda, Uxan, Chunsin va boshqa

Aholining pensiya yoshi



Xitoyda tugʻilish surʼatining pasayishi va umr davomiyligining oʻsishi kuzatilmoqda. Ekspertlarning fikricha, pensiya yoshi oshirilmasa, mamlakatda iqtisodiy oʻsish sekinlashadi va ishchi kuchi yetishmasligi boshlanadi.

Xitoy hukumati aniq raqamlarni keltirgani yoʻq. Hozirda Xitoyda erkaklar mehnat faoliyatini 60 yoshda yakunlaydi. Xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydigan ayollar pensiyaga 55 yoshda, jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan ayollar esa 50 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin.

Xitoyda pensiyaga chiqish borasidagi yosh chegaralari 1950-yillarda belgilangan boʻlib, oʻshandan buyon oʻzgartirilmagan. Bu vaqt ichida esa mamlakatda oʻrtacha umr davomiyligi uzaygan: 1949-yilda oʻrtacha umr davomiyligi Xitoyda 40 yosh boʻlgan; 2019-yilda esa bu koʻrsatkich 77,3 yoshni tashkil qilgan.

Tarixi



Shimoliy Xitoy hududida ilk ibtidoiy madaniyat qoldiqlari, Pekin yaqinida ilk paleolit davri manzilgohdaridan toshga aylangan sinantrop qoldiqlari topilgan. Xitoyda oʻrta paleolit davriga mansub Xetao (Ordos) madaniyati, sunggi neolit davriga mansub Yanshao va Lunshan madaniyatlari, ayniqsa, mashhur. Yanshao madaniyatida (taxminan mil. av. 3 ming yillik urtalaridan 2ming yillik oʻrtalarigacha) odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan birga dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Xitoyda ibtidoiy jamoa tuzumi jez davrigacha davom etgan.

Soʻnggi 20 yil ichida Taklamakon choʻli atrofida 5—6 ming yillik tarixga ega boʻlgan jasadlar, mato boʻlaklari, sopol idish va boshqa topilganligi Xitoyning gʻarbiy hududida ham nihoyatda qadimiy madaniyat boʻlganligidan dalolat beradi.

Mil. av. 1766—1122-yil Xuanxe daryosining oʻrta oqimlarida dastavval Shang, keyinchalik In deb nomlangan (ShangIn davri) ilk davlat tuzumi tashkil topgan. In davlati uzoq yillar davomida qoʻshni qabilalar bilan urush olib borganligi tufayli mil. av. XI asrga kelib, uning hududi birmuncha kengaydi.

In davrida madaniyat rivojlandi, Oy kalendarining belgilari, yozuv — hozirgi xitoy iyeroglif yozuvining ibtidosi paydo boʻldi. Shu davrda In davlatining gʻarb tomonida Chjou deb nomlangan qabila kuchayib, oʻz davlatini tashkil qildi (mil. av. 1122—256) va In davlatini bosib oldi. Djou davlati gʻarbiy Djou (mil. av. 1122—771) va Sharqiy Djou (mil. av. 770—256) kabi 2 qismga boʻlingan. Ushbu davrda quldorlik yanada rivojlandi. Djou qabilasi bosib olgan katta hudud dastlabki Djou vanlari tomonidan oʻz qarindoshlari, yaqinlari va lashkarboshilariga boʻlib berildi. Shu sababli keyinchalik bu hududlarda bir-biri bilan kurash olib borgan bir qancha podsholiklar paydo boʻldi. Kurash davomida ayrim yirik podsholiklar vujudga keldi. Bu podsholiklar Djou vanlarining hokimiyatini tan olmay qoʻydi. Shundan keyin ular oʻrtasida ikki yarim asr davomida urushlar yuz berdi.

Bu davr kurashuvchi yoki urushuvchi davlatlar davri (Django davri — mil. av. 475—221) deb nomlandi. Mazkur davrda urush Sin, Chin, Chu, Xan, Jao, Vey, Yan kabi 7 davlat orasida yuz berdi. Django davrida temir ishlab chiqarish, undan kurol yasash tez rivojlandi. Bu hol dehqonchilik taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik ixtisoslasha boshladi, savdo-sotiq taraqqiy etdi, shaharlar qurildi va u devorlar bilan oʻraldi. Yerga xususiy egalik paydo boʻldi. Sinfiy qarama-qarshilik va turli podsholiklar oʻrtasida avj olgan siyosiy kurash mafkurada ham oʻz aksini topdi. Mil. av. VI-III asrlarda konfutsiychilik, daosizm, moizm (faylasuf Motszi taʼlimoti) va boshqa falsafiy oqimlar shakllandi. Django davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar Sin podsholigining gʻalabasi bilan tugallandi. Natijada Xitoyda birinchi markazlashgan Sin imperiyasi (mil. av. 221—207) barpo etildi. Imperiyaning asoschisi va birinchi imperatori Sin Shixuandi mamlakatni birlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar oʻtkazdi. Uning davrida xunlarga qarshi mudofaa devorini qurish maqsadida shimolidagi podsholiklar devorlari birlashtirilib, Buyuk Xitoy devori barpo etildi. Ogʻir zulmga javoban xalq gʻalayonlari koʻtarilib, mil. av. 206-yilda Sin imperiyasi tugatildi. Lyu Ban (Gao dzu) yangi sulola va imperiya — Birinchi Xan imperiyasiga (mil. av. 206—mil. 25 ylar) asos soldi. Xan imperiyasi davrida yirik savdo markazlari (Loyan, Chendu, Xandan, Lindzi) paydo boʻldi, tovar-pul munosabatlari, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Sharqiy Turkiston orqali gʻarbga — Oʻrta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻli rivojlantirildi (qarang Buyuk ipak yoʻli). Bu davrda quldorlikning eng yuqori darajaga koʻtarilishi Gʻarbiy Xan imperiyasida ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga sabab boʻldi. Dehqon, askar va qullarning qoʻzgʻolonlari ommaviy tuz oldi (bu qoʻzgʻolonlar tarixga „qizil qoshlar“ va „yashil oʻrmon odamlari“ qoʻzgʻoloni nomi bilan kirgan). 25 yil qoʻzgʻolonchilar poytaxt Chanʼanni egallagandan soʻng Gʻarbiy Xan imperiyasi tugatildi. Zamindor zodagonlar qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash mobaynida Lyu Syu boshchiligida Soʻnggi (Ikkinchi yoki Sharqiy Xan) imperiya (25—220)ga asos soldilar. 27 yil „qizil qoshlar“ qoʻzgʻoloni bostirilgan boʻlsada, Lyu Syu faqat 37 yilga kelibgina mamlakatni birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 184—204 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan soʻng imperiya inqirozga uchradi. Shundan keyingi uch yarim asr davomida Xitoy mayda podsholiklarga boʻlinish holatida boʻldi. 220-yilga kelib Sango nomini olgan uch davlat — Uch podsholik [Vey (220-265), Shu (221-263), U (222-280)] paydo boʻldi. 265-yil Uch podsholik davri tugab, mamlakat Gʻarbiy Szin sulolasi hukmronligi ostida birlashdi (265—316). Lekin 316-yilda koʻchmanchi xalqlar Szin imperiyasini tor-mor qilib butun Shimoliy Xitoyni bosib oldi. Natijada Shimoliy Xitoyda turli davrlarda 16 ta noxitoy podsholiklari hukm surdi. Xitoy zodagonlarining koʻp qismi shimolida Janubiy Xitoyga koʻchib oʻtib, Sharqiy Szin sulolasi (317—420)ni barpo etdilar. Noxitoy podsholiklar oʻrtasida 100 yildan ortiq davom etgan oʻzaro urushlar natijasida Toba Vey (Shimoliy Vey) davlati (386—534) gʻolib chiqib, butun Shimoliy Xitoyni oʻz qoʻl ostida birlashtirdi.

4—6-asrlarda budda yer egaligi rivojlandi. Buddizm Xitoyga milodiy I asrda Hindistondan Gʻarbiy va Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan. 420—581 yillarda Janubiy va Shimoliy sulolalar (Nanbey chao) xukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatning janubida Sun (420—479), Chi (479-502), Lyang (502-557), Chen (557—589), shimolida Shimoliy Vey (386-534), Sharqiy Vey (534-550). Shimoliy Chi (550577), Gʻarbiy Vey (535-557), Shimoliy Chjou (550-581) kabi davlatlar paydo boʻldi. Janubidagi davlatlar xitoylar tomonidan, shimolidagi davlatlar esa xitoy boʻlmagan xalqlar tomonidan tashkil etildi. 581-yilda Xitoydagi mayda davlatlarni birlashtirish asosida Suy sulolasi (581—618), 618 yilda Tan sulolasi (618—907) hokimiyat tepasiga keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, etnik jihatdan Tan sulolasi turklarga aloqador boʻlganligi sababli dastlabki mazkur sulola turklar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. VII asr oxirida Tan imperiyasi harbiy jihatdan yuksaldi, bosqinchilik urushlari olib bordi. 630-yil Sharqiy Turk xoqonligi, 657-yil Gʻarbiy turk xoqonligiga zarba berilishi natijasida Sharqiy Turkistondagi davlatlar 100 yilga yaqin Xitoyga qaram boʻlib qoldi. 751-yil Tan armiyasi Talas jangida arablar tomonidan magʻlubiyatga uchragach, imperiya gʻarbga qilmoqchi boʻlgan yurishdan voz kechishga majbur boʻldi. Uygʻur xoqonligi davri (745—840)da esa uning taʼsiri ostiga tushib qoldi.

VIII asr oʻrtalaridan markaziy hokimiyat bilan chekka viloyat hokimlari oʻrtasida kurash kuchaydi, 874—901 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida Tan imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Soʻngra tarixda turli toʻdalar kurashi va mamlakatning mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi bilan mashhur boʻlgan U day shigo („Besh sulola 10 ta hokimlik“, 907—960) deb nom olgan davr boshlandi. 960 yil sarkarda Chjao Kuanin soʻnggi Chjou (951—960) sulolasini agʻdarib tashlab Sun imperiyasi (960—1279)ga asos soldi. Bu imperiya davrida Xitoy hududi shimda Buyuk Xitoy devoridan, gʻarbda Xuanxe daryosining yuqori qismidan, janubida Vyetnam chegarasidan nariga oʻtmadi. Shimoliy va shimoli-sharqda Xitoy hududining talay kismini Lyao kidanlar davlati, SiSya tangutlar davlati bosib oldi. Sun imperiyasi bu davlatlarga kumush va shoyi bilan xiroj toʻlab turdi.

Xitoyga bostirib kirgan chjurchjenlar 1125-yil Lyao imperiyasini tor-mor etib, chegaralari Xuanxe daryosi boʻylab oʻtadigan Szin davlatini barpo etdilar. 1141-yil Sun imperiyasi Szin davlatining vassaliga aylandi.

XIII asrning 1-oʻn yilligida moʻgʻullar Xitoyni istilo qilishga kirishib, 1279-yilda uning barcha xududini bosib oldilar. Xitoy va Tibet xalqlari moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi (1271—1368; Xitoyda 1280-yildan) ostida yashadi. Xitoy xalqining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi olib borgan koʻp yillik kurashi XIV asr oʻrtalarida Min sulolasi (1368—1644)ning vujudga kelishi bilan yakunlandi.

XVI asrda Xitoyda yevropaliklar paydo boʻldi. 1557-yil Portugaliya Xitoyning Aomin xududini „ijara“ga oldi. Sinfiy qarama-qarshilik, hukmron guruhlarning ichki kurashlari, Manjuriyaning janubida yashovchi chjurchjen qabilalari (XVII asr boshlaridan manjurlar)ning hujumlari natijasida XVII asr boshida Min imperiyasi chuqur inqirozga yuz tutdi. 1628—45 yillardagi dehqonlar urushi natijasida Min sulolasi barham topdi. Xitoyni manjur bosqinchilari bosib oldi. Hokimiyat manjurlarning Sin sulolasi (1644—1911) qoʻliga oʻtdi. Sin imperiyasi bosqinchilik siyosatini olib borib, Ichki Moʻgʻuliston (1636), Jungʻariya xonligi (1757), Sharqiy Turkiston (1760), Tibet (XVIII asr oxiri) hisobiga oʻz xududini ancha kengaytirdi. Sharqiy Turkistondagi Yorkend va Jungʻoriya xonliklari yoʻq qilindi. Sharqiy Turkiston Sintszyan — „Yangi chegara“ nomi bilan Sin imperiyasiga qoʻshib olindi. Sin imperiyasida dehqonlarning antimanjur qoʻzgʻolonlari avj oldi.

XVII-XVIII asrlarda Sin imperiyasi bilan rasmiy munosabatlar urnatishda muvaffaqiyatga erisha olmagan gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya XVIII asr oxirlaridan Xitoyga tazyiq oʻtkaza boshladi. Ingliz savdogarlari Xitoyga koʻplab afyun keltira boshladilar. 1839-yilga kelib ingliz-xitoy munosabatlari keskinlashdi va 1840—42 yillarda Angliya bilan Xitoy oʻrtasida birinchi „afyun“ urushi boʻlib oʻtdi. Natijada inglizlar Xitoyda bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdilar. 1842-yil Nankin shartnomasiga koʻra, Xitoy Angliya savdosi uchun 5 ta portini ochishga, Syangan (Gonkong) o.ni Angliyaga berishga, tovon toʻlash, savdo imtiyozlari va boshqa berishga majbur boʻldi. XVIII asr oxirlaridan Sin imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchaydi. 1844-yil Xitoy AQSh hamda Fransiyaga ham shunday imtiyozlar beradigan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi. Xitoy yarim mustamlaka mamlakatga aylana boshladi. Ayni vaqtda Xitoyning turli viloyatlarida xalq ommasining manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgolonlari avj oldi. 1850-yil taypinlarning liniy mazhabi manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang Taypin qoʻzyuloni). Mazkur qoʻzgʻolondan keyin Sharqiy Turkistonda ham umumiy xalqqoʻzgoloni yuz berdi. Natijada ushbu mamlakat 14 yil davomida mustaqil boʻldi.

1856-yil Angliya, soʻngra Fransiya Xitoydagi mavqelarini yanada mustahkamlash maqsadida Xitoyga qarshi yangi urush ochdilar (ikkinchi „afyun“ urushi). Ular 1858-yil shimolidagi Dagu fortlarini egallab, Tyantszin va Pekinga jiddiy xavf soldilar. Sin hukumati taslim boʻldi. 1860-yil Angliya-Fransiya ekspeditsiyasi Pekinni ishgʻol qildi. 1860-yilgi Pekin shartnomalariga koʻra, Xitoy Angliya bilan Fransiyaga katta tovon toʻlashga, Buyuk Britaniyaga Szyulun (Koulun) orolining bir qismini berishga, chet el savdosi uchun Tyantszinni ochib qoʻyish va boshqa shartlarga rozi boʻldi.

1860-yillardan Angliya, Fransiya va AQSh Sin hukumatiga taypinlarga qarshi kurashda yordam bera boshladi. „Afyun“ urushlari va taypinlar qoʻzgʻolonining bostirilishi natijasia Angliya, AQSh va Fransiya Xitoydagi mavqelarini mustahkamlab oldi. 1884—85 ylardagi Xitoy-Fransiya urushida Xitoy yengildi. Oʻsha yillari Xitoyning Yaponiya bilan munosabatlari yomonlashdi. Yaponiya 1874-yilda Tayvanni bosib olishga urindi. 1879-yilda Ryukyu orollarini egalladi. 1894-yil esa Yaponiya-Xitoy urushi boshlandi. Xitoy bu urushda yengildi. Urush natijasida shu davrgacha Xitoy qoʻl ostida boʻlgan Koreya mustaqillikka erishdi, Tayvan oroli va Penxuledao orollari Yaponiyaga berildi. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Chor Rossiyasi Xitoyning bir qancha hududini „ijara“ga oldilar va Xitoyda oʻz taʼsir doiralarini barpo etdilar. Xitoyning boshqa davlatlar tomonidan bosib olinishi va Sin hukmdorlarining taslimchilik siyosati Xitoyda katta norozilikka sabab boʻldi. 1894-yil Xitoyda Sun Yatsen boshchiligida inqilobiy demokratik harakat maydonga keldi. 1899-yil yirik antiimperialistik Ixetuan qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Imperialistik davlatlar (Buyuk Britaniya, Germaniya, AvstriyaVengriya, Fransiya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Italiya) Xitoyga karshi intervensiya boshlab, 1900-yil avgustda Pekinni ishgʻol qildilar. 1901-yil 7-sentabrda chet davlatlar bilan Xitoy oʻrtasida „Yakunlovchi bayonnoma“ imzolanib, Sin imperiyasi yarim mustamlakaga aylantirildi. XX asr boshida Xitoy yarim mustamlaka mamlakat namunasi edi. 1905-yil Sun Yatsen Yaponiyada Tunmenxoy inqilobiy partiyasini tuzdi. 1910-yilga kelib shahar va qishloqlarda qoʻzgʻolonlar yangidan avj oldi. Xitoyda temir yoʻl qurilishini chet el monopoliyalariga topshirilishiga qarshi 1911-yil sentabrda Sichuanda boshlangan harakat hukumatga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshilib ketdi. Bu qoʻzgʻolonlar Sinxay inqilobining boshlanishiga sabab boʻldi.

1911-yil dekabrda Sun Yatsen 16 yillik emigratsiyadan qaytib keddi. 1912-yil 1-yanvarda Xitoy rasman respublika deb eʼlon qilindi. 1912-yil 12-fevralda Sin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi. Inqilobiy viloyatlar vakillarining Nankindagi majlisida Sun Yatsen Xitoy respublikasining muvaqqat prezidenti qilib saylandi. Ammo shimolidagi xitoy pomeshchiklari va harbi{| doiralari Yuan Shikay boshchiligida inqilobiy jan.ga qarshi harbiy harakatlarni boshladi.

1912-yil 25-avgustda Sun Yatsen tarafdorlari Gomindan partiyasini tuzdilar. Xitoyda Shimoliy Xitoy va Janubiy Xitoy hukumatlari paydo boʻldi.

Birinchi jahon urushi (1914—18) davrida Yaponiya Xitoyga nisbatan oʻz ekspansiyasini kuchaytirdi. Pekinning Antanta davlatlari bilan bogʻlangan militaristik hukumati 1917-yil avg.da Germaniyaga qarshi urush eʼlon kildi. Janubiy Xitoy hukumatini 1917-yil sentabrdan 1919-yilgacha Sun Yatsen boshqardi.

Xitoydagi inqilobiy harakatning rivojlanishida xitoy xalqining 1919-yil may—iyun oylaridagi mustamlakachilarga qarshi chiqishlari („Toʻrtinchi may“ harakati) muhim bosqich boʻldi. 1921-yil iyulda Shanxayda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP)ning 1taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Sun Yatsen XKP va ishchidehqon harakati bilan yaqinlashish yoʻlini tanladi. 1923-yil fevraldan Sun Yatsen yana Guanchjouda Janubiy Xitoy hukumatini boshqardi va Milliy inqilobiy armiya (MIA)ni tuzdi.

1924-yil kuzda inglizlar Xitoy muxolifatchi kuchlar bilan birgalikda Sun Yatsen hukumatini agʻdarib tashlamoqchi boʻldilar, lekin MIA va ishchi otryadlari bu harakatni bostirdilar.

1925—27 yillarda Xitoyda kommunistlar rahbarligida inqilob boʻldi. 1925-yil 1-iyulda Guanchjou hukumati oʻzini Milliy hukumat deb eʼlon qildi. 1925— 26 yillarda MIA Guansi, Guychjou provinsiyalari va Xunan provinsiyasining janubiy qismida inqilobiy hokimiyat oʻrnatdi. Shundan keyin kommunistlar bilan gomindanchilar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Kommunistlar sovet hukumati, Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar AQSh yordamiga suyandi. Sovet hukumati yordamidan toʻla foydalanish maqsadida kommunistlar oʻz bazalarini shim.ga koʻchirishni lozim topdi. Shu bois 1926-yil iyulda MIA shim.ga yurish boshladi. 1927-yil martda XKP rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtargan Shanxay ishchilari shaharni ozod qildilar. Tez orada Nankin ham ozod etildi. Gomindanning oʻng qanoti MIA Bosh qoʻmondoni Chan Kayshi boshchiligida 1927-yil 12-aprelda Shanxay va Nankinda, soʻngra Guanchjouda toʻntarish qildi. 1927-yil 18-aprelda Nankinda aksilinqilobiy „Milliy hukumat“ tuzildi. 1927-yil iyulda Uxanda ham aksilinqilobiy toʻntarish oʻtkazildi. Koʻp oʻtmay chap qanot gomindanchilar ham ularga taslim boʻldi. XKP qonundan tashqari deb eʼlon qilindi.

Xitoy milliy inqilobi magʻlubiyatdan soʻng gomindan reaksion diktaturasi qaror topdi.

Xitoyning koʻp qismida gomindan hukmronligiga qaramasdan ayrim qishloq rnlarida XKP rahbarligida Xitoy Qizil armiyasi otryadlari, oʻsha davrda sovetlar deb ataluvchi inkilobiy demokratik hokimiyat oʻchokdari (asosan, Janubiy va Markaziy Xitoyda) tuzildi, demokratik tadbirlar amalga oshiriddi. 1931-yil noyabrda Juyszin shahri (Szyansi provinsiyasi)da Xitoy soveta rnlari vakillarining 1Umumxitoy sʼyezdi boʻlib, u Xitoy Sovet Respublikasi (XSR)ning MIK va Muvaqqat markaziy hukumatini sayladi, XSR konstitutsiyasi loyihasini qabul qiddi. 1930—33 yillarda Xitoy Qizil Armiyasi gomindan qoʻshinlarining 4 yirik yurishini qaytardi.

1931-yil oxirida yapon qoʻshinlari Shim.Sharqiy Xitoyni ishgʻol qilib, 1932-yilda Manchjou Go qoʻgʻirchoq hukumatini tuzdi. 1933-yil yapon qoʻshinlari deyarli qarshiliksiz Jexe provinsiyasini bosib oldi. 1933—34 yillarda Chan Kayshi Xitoy sovet rnlariga qarshi 5yirik yurish kildi. Xitoy Qizil Armiyasi (XKP MK bilan birga) Markaziy Xitoyni tashlab shimoli-gʻarbga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi (1934-yil oktabr — 1936-yil noyabr) va Shensi hamda Gansu provinsiyalari chegarasiga chiqdi. 1936-yil Yaponiya agressiyasi xavfining kuchayishi va keng xalq ommasining noroziligi gomindan rahbarlarini Xitoy Qizil Armiyasiga qarshi kurashni toʻxtatishga majbur etdi.

1937-yil iyulda Yaponiya butun Xitoyni bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Urushning birinchi oylaridayoq yaponlar Xitoyning katta qismini, jumladan, Beypin (Pekin), Tyantszin, Shanxay va boshqa shaharlarini bosib oldi. Xitoy xalkining yapon bosqinchilariga qarshi ozodlik urushi (1937—45) boshlandi. Xalqning tazyiqi ostida gomindan rahbarlari 1937-yil 23-sentabrda XKP bilan gomindan oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilganligini maʼlum qildi. Yapon qoʻshinlari 1937-yil iyuldan 1938-yil oktabrgacha Shimoliy Xitoyning barcha hududini, Markaziy Xitoyning bir qismini, shuningdek, Janubiy Xitoyning muhim dengiz boʻyi rnlarini bosib oldi. XKP yaponlar bosib olgan rayonlarda partizanlik harakatini keng avj oldirdi.

Sovet Armiyasi oʻtkazgan Manjuriya strategik operatsiyasi (1945) natijasida Shim.Sharqiy Xitoy va Ichki Mongoliya yapon militaristlaridan ozod etildi. 1945-yil 2-sentabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻldi. 1945-yil 13-oktabrda Chan Kayshi hukumati qoʻshinlari ozod kilingan hududlarga hujum boshladi. Gomindan hukumati va XKP harbiy harakatlarni toʻxtatishga kelishgan (1946-yil 10-yanvar) boʻlsa ham 1946-yil iyulda Chan Kayshi tarafdorlari butun mamlakat miqyosida fuqarolar urushini yana boshlab yubordi. AQSH chankayshichilarga har tomonlama yordam koʻrsata boshladi. Biroq Xitoy Xalq ozodlik armiyasi gomindanchilarga karshi muvaffakiyatli janglar olib borib, 1948—49 yil yanvar butun Shim.Sharqiy Xitoy, Shimoliy Xitoyni, Shim.Gʻarbiy Xitoyning koʻp qismini, Markaziy Xitoyning Yanszi daryosigacha boʻlgan yerlarini ozod kildi. 1949-yil kuzga kelib Xitoy Xalq ozodlik armiyasi hujumni davom ettirdi va Shim.Gʻarbiy Xitoy va Markaziy Xitoyni, Janubiy va Jan.Gʻarbiy Xitoyning katta qismini ozod qildi. Chan Kayshi toʻdasi esa Tayvanga qochdi. 1949-yil 1-oktabrda Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tuzilganligi eʼlon qilindi. Sharqiy Turkiston, Ichki Mongoliya va Tibet ham ushbu respublikaga kiritiddi.. XXR tuzilgach, davlatni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy rahbariyati va XKP XXRning bosh yoʻli — mamlakatda sotsialistik jamiyat qurish ekanligini eʼlon qildi va xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, sotsializmning sovet modeli negizini yaratish yoʻlini tanladi. 1951-yil Xitoy hududini gomindanchilardan ozod etish (Tayvan va Penxuledaodan tashqari) tugallandi. 1952-yil XXR hukumati joylarda xalq hokimiyati organlarini tuzish, gomindanchilarni yoʻqotish, yirik kapitalni musodara qilish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. 1953-yil agrar islohotlar oʻtkazildi. 300 mln.ga yakin yersiz va kam yerli dehqonlar va ularning oilalariga sobiq zamindorlar yerlari boʻlib berildi. 1953—54 yillarda mahalliy va markaziy hokimiyat organlariga umumiy saylovlar boʻldi. 1954-yil sentabrda Umumxitoy xalq vakillari majlisining 1sessiyasi boʻlib, XXR konstitutsiyasi qabul qilindi.

50-yillarning 2-yarmida Mao Szedun boshchiligidagi XXR rahbarlari 1958— 60 yillarda „katta sakrash“ (besh yil mobaynida sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marta, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini 2,5 marta koʻpaytirish) yoʻlini tutdilar. Barcha qishloq xoʻjaligi kooperativlari „xalq kommunalari“ga aylantirildi.

1966—76 yillarda „madaniy inkilob“ amalga oshirildi. Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldi. Xavfsizlik organlari va armiya ishtirokida, shuningdek, siyosiy jihatdan chiniqmagan oʻquvchi yoshlar va talabalardan tuzilgan xunveybinlar („qizil qoʻriqchilar“) hamda szaofanlar („gʻalayonchilar“) otryadlari yordamida Mao Szedun koʻrsatmasiga binoan minglarcha masʼul partiya va davlat xodimlari va ziyolilar ishdan olinib, surgun qilindi yoki uy qamogʻida sakdandi. Provinsiya va uyezdlarda partiya qoʻmitalari va xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlari amadda tarkatib yuboriddi va tepadan tayinlanadigan, armiya vakillari asosiy rol oʻynagan „inqilobiy qoʻmitalar“ bilan almashtirildi, xalq xoʻjaligidagi tanglik yanada chukurlashdi. Xitoy KPning bu siyosati (keyinchalik Xitoyda keskin tankidga uchragan) Mao Szedun vafoti (1976)dan keyin qayta koʻrib chikildi. Bunda iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali 21-asr oʻrtalariga kelib Xitoyni yuksak darajada rivojlangan davlatga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Korxonalarning xoʻjalik yuritish faoliyatidagi mustaqilligi oshirildi, koʻp ukladli iktisodiyotga ruxsat berildi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida Xitoyda „ochiq iqshsodiy rnlar“ va „maxsus iktisodiy hududlar“ tashkil etildi. 1990-yillarning boshlaridan Xitoy KP tomonidan amalga oshirilayotgan „sotsialistik bozor xoʻjaligi“ga oʻtish shakllandi. Xitoyning Buyuk Britaniya bilan tuzgan bitimi (1989)ga muvofiq Syangan (Gonkong) Xitoyga oʻtdi va XXRning maxsus maʼmuriy rayoni makrmini oldi. Xitoy 1971-yildan BMT aʼzosi (1945-yil SanFransisko konferensiyasida BMT ustaviga gomindan hukumati vakili imzo chekkan. XXR tuzilgach, uning BMTdagi oʻrnini Tayvan noqonuniy ravishda egallab kelgan, XXR esa bu tashkilotda vakillikdan mahrum qilingan edi. 1971-yil 25-oktabrda BMTning Bosh Assambleyasi XXRning qonuniy huquklarini tiklash va BMT hamda uning barcha organlaridan Tayvan vakillarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi). Xitoy 1991-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992-yil 2-yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1-oktabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1949).

Siyosiy partiya va tashkilotlari, Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi, kasaba uyushmalari. Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP, 1921-yil tuzilgan; Bosh kotibi Xu Szintao. 50,3 mln. aʼzosi bor); Gomindan inqilobiy qoʻmitasi, 1948-yil asos solingan; Xitoy Demokratik ligasi, 1941-yil tuzilgan; Xitoy Demokratik milliy qurilish assotsiatsiyasi, 1945-yil tuzilgan; Xitoy Demokratiya taraqqiyotiga koʻmak beruvchi assotsiatsiya, 1945-yil tashkil etilgan; Xitoy dexkrnishchilar demokratik partiyasi, 1947-yil asos solingan; Chjungo chjigun dan (Xitoy adolatga intilish partiyasi), 1925-yil tuzilgan; Szyusan syuye she (3-sentabr jamiyati), 1946-yil tuzilgan; Tayvan muxtoriyati demokratik ligasi, 1947-yil asos solingan; Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi; 1949-yil tuzilgan. Umumxitoy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925-yil tuzilgan.

Xoʻjaligi



Xitoy — industrialagrar mamlakat. 1949-yil xalq inqilobidan soʻng xalq xoʻjaligini tiklashga kirishdi va dastlabki 5 yil ichida yuksak natijalarga erigddi. Ammo undan keyingi 20 yildan ortiq davr ichida iqtisodiyoti nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoldi. 1978-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlar mamlakat iqgisodiyotini rivojlanish yoʻliga olib chiqsi. Iktisodiy oʻsish surʼati yiliga oʻrta hisobda 8—10 %, xususiy mulkchilikka asoslangan tarmoqlarda 30 % ga oshdi. 1980-yillar oxirida yalpi ichki mahsulot hajmi 2 baravar koʻpaydi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash muammosi hal boʻldi. 1990-yillar oxirqsa yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 49 %, qishloq xoʻjaliginiki 19 %, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 32 %ni tashkil etdi.

Sanoatida koʻp tarmoqli mashinasozlik [stanoksozlik, qishloq xoʻjaligi va transport mashinasozligi, traktorsozlik, avtomobilsozlik (2003-yil 4 mln. 443 ming 700 dona avtomobil ishlab chiqarildi), elektr energetikasi va boshqa sanoat jihozlari, elektron buyum va priborlar, shuningdek, velosiped, tikuv mashinalari, soat va boshqa ishlab chiqarish], kimyo, qora metallurgiya muhim mavqega ega. Sanoatning asosiy tarmoqlaridan — toʻqimachilik [ipgazlama (1996-yil 22,1 mlrd. metr), shoyi, jun gazlama ishlab chiqarish], oziqovkat sanoati rivojlangan. Issiqlik energetika bazasining asosi — koʻmir. U, asosan, Xitoyning shimoliy va shimoli-sharqida qazib olinadi (1993-yil 1149 mln. tonna). Neft mamlakatshimoli-gʻarbi va shimoli-sharqida qazib olinadi (142 mln. tonna). Xitoy shimoli-sharqida yonuvchi slanets konlari, Sichuan soyligi va Saydam tekisligida gaz konlari bor. Yiliga oʻrtacha 1654 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi (asosan, issiqlik elektr styalarida). Poʻlat (yiliga 86 mln. tonna), rangli metallar (alyuminiy, mis, rux, qoʻrgʻoshin, qalay, surma) eritiladi. Sement (490 mln. tonna), mineral oʻgʻit (27 mln. tonna) ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik ham katta ahamiyatga ega [eng qad. tarmoqlari — yigiruvtoʻquv, keramika (chinni va fayans) va uyroʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish]. Xitoy Badiiyhunarmandchilik buyumlari bilan ham mashhur.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerning 93 mln. gektari (mamlakat hududining 10 %) ishlanadi, 49 % sugʻoriladigan yerlar. Ekin maydonining 2/3 qismini sholi, bugdoy, batat, kartoshka egallaydi, 18 % ga texnika ekinlari (paxta, soya, yer yongʻoq, choy, tamaki, jut, shakarqamish, qand lavlagi va boshqalar) ekiladi. Shuningdek, tariq, arpa, grechixa ham yetishtiriladi. Xitoyning janubidagi dengiz sohillari va Sichuan soyligida shakarqamish, sharqiy va markaziy rnlarida choy oʻstiriladi. Tung va lak daraxtlari ham oʻstiriladi. Tropik, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda koʻp tarmoqli bogʻdorchilik (sitrus mevalar, ananas, banan, mango, olma, nok va hokazo) rivojlangan. Ayrim rayonlarda tokchilik bilan shugʻullaniladi. 1992-yil 443 mln. tonna gʻalla, 5 mln. tonnaga yaqin paxta yetishtirildi.

Chorvachilikda Xitoyning har bir yirik rayoni oʻziga xos yoʻnalishga ega. Sharqiy Xitoyda choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan, ish hayvonlari koʻpaytiriladi. Ichki Mongoliya, SintszyanUygʻur muxtor rnining shimoliy qismi va Tibetda yaylov chorvachiligi (qoʻychilik, qoramolchilik, yilqichilik) asosiy oʻrinda. 1996-yil 109 mln. qoramol, 452 mln. choʻchqa, 127 mln. qoʻy boʻlgan. 1992-yil 29 mln. tonna goʻsht, 5 mln. tonna sut tayyorlangan. Yanszi va Chjutszyan daryolari havzalarida tut ipak qurti, Shim.Sharqiy Xitoyda va Shandunda dub ipak qurti boqiladi. Xitoy dunyoda tabiiy shoyi yetishtiruvchi yirik davlatlardan biri. Xitoy baliqva b. dengiz hayvonlarini ovlashda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Chuchuk suv havzalarida va sholipoyalarda baliqchilik ham keng tarqalgan. Xitoyda yogoch tayyorlanadi, yovvoyi oʻsimlik mevalari va shifobaxsh oʻtlar yigʻiladi.

Transporti



Transport yoʻli transportning asosiy turi. Ularning uz. 73 ming km. Xitoyning sharqiy portlari temir yoʻl orqali Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari uz. 1,278 mln. kilometr. Soʻnggi yillarda tez yurar avtomobil yoʻllari qurish rivojlangan. Ularning uz. 8733 km.

Ichki suv yoʻllarining uz. 150 ming km dan ortiq. Yirik dengiz portlari: Shanxay, Dalyan, Sinxuandao, Sindao, Guanchjou (Xuanpu bilan), Tyantszin (Singan bilan). XXRning koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar havo yoʻllari bilan bogʻlangan.

Tashqi savdosi



Xitoy chetga koʻmir, choy, baliq, toʻqimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, toʻqimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, gʻalla, kimyoviy oʻgʻit, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — yuan.

Tibbiy xizmati



Xitoyda 1978-yildan boshlab oʻtkazila boshlagan iktisodiy islohotlar natijasida tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi.

Ilgari yopilgan tibbiyot oʻquv yurtlari va tibbiy muassasalar qayta tiklandi va yangilari ochildi. 1999-yil mamlakatda 310 ming kasalxona va boshqa davolash maskanlari faoliyat koʻrsatdi. Kasalxonalardagi oʻrinlar soni 2,91 mln., tibbiy xizmatchilar soni 4,42 mln., jumladan, shifokorlar soni 1,41 mln.dan oshdi. Mamlakatda faoliyat koʻrsatayotgan sanitariyaepidemiologiya styalar soni 5907 dan, ulardagi xizmatchilar soni 220 mingdan, tibbiyot muassasalari soni 2724 va ulardagi xizmatchilar soni 73 ming kishidan oshdi. XXRda xalq tabobati man etilmagan. Aksincha, unga eʼtibor kuchaytirilgan. Ushbu sohada maxsus oʻquv maskanlari, shifoxonalar, dorixonalar mavjud. Koʻp xitoy shifokorlari oʻz faoliyatlarini garb, xalq tabobat uslubi asosida olib boradilar. Barcha dorixonalarda xalq tabobati negizida yaratilgan doridarmonlar sotiladigan boʻlimlar mavjud. Xalq tabobatiga doyr maxsus qoʻllanma va adabiyotlar ham teztez nashr qilinib turadi.

Xalq maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. XXR tashkil topgunga (1949) qadar aholining 80 % savodsiz boʻlgan. Xalq hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng maorif tizimida tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Lekin „madaniy inqilob“ yillarida maorif tizimi ham tanglikka uchradi. Uni amalga oshirish vaqgida deyarli barcha oʻquv yurtlari yopildi, savodsizlikni tugatish boʻyicha ishlar toʻxtatildi. Xalq maorifi tizimida 1985-yildan boshlangan islohotlar asosida mamlakatda 9 yillik majburiy taʼlim joriy etildi. U boshlangʻich (oʻqish muddati 5 yil) va oʻrta umumiy taʼlim maktabidan iborat. Oʻz navbatida oʻrta umumiy taʼlim maktabi 1 va 2 bosqichli boʻlib, ularda oʻqish muddati 5 yoki 6 yil Oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va kasb-hunartexnika bilim yurtlari mavjud. Oliy oʻquv yurtlarida 4,13 mln. talaba taʼlim oladi (1999). Yirik oliy oʻquv yurtlari: Pekin universiteti, Nankin universiteti, Shanxaydagi Tunszi va Fudan universitetlari, Pekindagi „Sinxua“ politexnika instituti, Pekin aviatsiya, mashinasozlik institutlari, oʻlka va muxtor rn markazlaridagi universitetlar va boshqa Yirik kutubxonalari: Pekin milliy kutubxonasi (4,5 mln. asar), Xitoy Fanlar akademiyasining markaziy kutubxonasi (2,6 mln. asar), Nankin kutubxonasi (2,4 mln. asar), Shanxay kutubxonasi (7,1 mln. asar) va boshqa Muzeylari: Pekindagi saroy muzeyi, Xitoy muzeyi, Xitoy tarixiy muzeyi, Tyantszin tarix muzeyi, Shanxaydagi tibbiyot tarix muzeyi, Shanxay muzeyi, Pekindagi geol. muzeyi, oʻlka va muxtor rnlardagi muzeylar va boshqa

Xitoylar Xitoy fanlar akademiyasi (1949), Tibbiyot Fanlar akademiyasi (1956), Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi institut va ilmiy tadqiqot muassasalarida hamda oliy oʻquv yurtlarida olib boriladi. Xitoyda, shuningdek, Oʻrmonchilik akademiyasi, Xitoy anʼanaviy tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituta, Geol. fanlari akademiyasi, Transport yoʻlilar vazirligi ilmiy tadqiqot instituta, Choʻyan va poʻlat markaziy instituti, Rangli metallar markaziy akademiyasi, Neft qidiruv va qazish y.t. instituti, toʻqimachilik ilmiy tadqiqot instituti ham faoliyat koʻrsatadi. 1999-yil Xitoyda 2,71 mln. kishi ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullandi. 1981-yildan tadqiqotchilarga bakalavr, magistr va fan doktori kabi ilmiy darajalarni berish tizimi joriy etildi. Barcha ilmiy tadqiqotlar XXR Davlat kengashi huzuridagi fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan muvofiklashtirib turiladi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Xitoyda bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: „Banyue tan“ („Suhbat“, 2 haftada 1 marta chiqadigan jurnal, 1980-yildan), „Beyszin jibao“ („Pekin gazetasi“, kundalik gazeta, 1950-yildan). „Venxuey bao“ („Adabiy oqim“, kundalik gazeta, 1937-yildan), „Guanmin jibao“ („Yoruglik“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Guansi jibao“ („Guansi gazetasi“, kundalik gaz.), „Gunjen jibao“ („Ishchilar gazetasi“, kundalik gazeta, 1949-yildan), „Jenmin jibao“ („Xalq gazetasi“, kundalik gazeta, 1948-yildan), „Nanfan jibao“ („Janubiy gazeta“, kundalik gazeta, 1952-yildan). „Pekin revyu“ („Pekin sharhi“, haftalik siyosiy va nazariy jurnal, 1958-yildan), „Sintszyan jibao“ („Sintszyan gazetasi“, kundalik gaz.), „Sichuan jibao“ („Sichuan gazetasi“, kundalik gazeta, 1952-yildan), „Szinszi jibao“ („Iqtisodiy gazeta“, haftada 6 marta chiqadigan gazeta, 1983-yildan), „Syushi“ („Haqiqatga intilish“, jurnal), „Chjungo sinnyan bao“ („Xitoy yoshlari“, haftada 4 marta chiqadigan gazeta, 1951-yildan), „Chjungo shaonyan bao“ („Xitoy pionerlar gazetasi“, kundalik gazeta, 1951-yildan), „Shanxay star“ („Shanxay yulduzi“, ingliz tilidagi gazeta, 1992-yildan). Sinxua rasmiy axborot agentligi 1931-yil 7-noyabrda tashkil etilgan, dastlab Qizil Xitoy agentligi deb nomlangan; 1937-yildan hozirgi nomda. Milliy radioeshittirish xukumat xizmati 1947-yil tuzilgan. Markaziy televideniyega 1958-yil asos solingan. 1993-yil dekabrda mamlakatda 500 dan ortiq televizion stya ishladi.

Adabiyoti



Xitoy adabiyoti jahonda eng qad. adabiyotlardan biri boʻlib, uch ming yillik anʼanalarga ega. Qadimgi Xitoy adabiyotining birinchi yirik sheʼriy asari „Shitszin“ („Qoʻshikdar kitobi“, mil. av. 11—6-asrlar) xalq qoʻshiqlari va diniy marosim madhiyalari majmuasidan iborat. Mil. av. 1-ming yillikka mansub badiiy nasr falsafa, tarix, geogr. va boshqalarga doyr asarlar bilan uzviy bogʻliq („Shan shu“ — „Tarixiy rivoyatlar kitobi“ va boshqalar). Sima Syanning (mil. av. 1-asr) „Shi szi“ („Tarixiy xotiralar“) kitobi Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220-yillar) nasrining yirik yodgorligi hisoblanadi. Sheʼriyatning muhim qismini tashkil etgan lirik va satirik xalq qoʻshiqlari (yuefu)da xalq hayoti oʻz ifodasini topgan. 4-asr oxiri — 5-asr boshlarida yashagan yirik novator shoir Tao Yuanmin (365—427) sheʼriyati hayot haqidagi falsafiy mushohadalardan iborat boʻldi. Mamlakatni Tan sulolasi (618— 907) birlashtirgach, adabiyot rivoji uchun qulay sharoit yaratildi. Xuddi oʻsha davrda ven yan — xitoy adabiy tili uzilkesil shakllandi.

7—10-asrlarda Chen Szian, Van Vey sheʼrlari mashhur boʻldi. Adabiyotning yanada taraqqiy etishida Li Bo, Du Fu va Bo Szyuyi kabi shoirlarning taʼsiri katta boʻldi. 8—9-asrlarda novella janrida yuksak yutuqlarga erishildi (Yuan Chjen, Bo Sinszyan, Li Gunszo), 10—13-asrlarda shoirlardan Van Anshi, Su Shi, Lyu Yun, L u Yu, shoira Li Sinchjao mashhur boʻlgan. Ouyan Syu tarixiy va falsafiy mavzuda asarlar yaratdi.

Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (1280—1368)da shaharlar rivoj topdi. 13-asrda mamlakat shimoliyda qahramonlik va maishiy mavzularda musiqiy drama janri vujudga keldi. 14-asrda epopeyaroman janrining shakllanishi adabiyotda muhim voqea boʻldi. 16-asr oxirlaridan nasr yangi boskichga koʻtarildi, tarixiyfantastik, ijtimoiymaishiy romanlar yaratildi.

Xitoyni manjurlar bosib olgan (1644)dan keyin muxolif kayfiyatdagi shoirlar paydo boʻldi, maʼrifatparvarlik ruhi avj oldi. Klassik roman choʻqqisi boʻlib maydonga kelgan Sao Syuetsin (taxminan 1715—62)ning „Qizil koʻshkdagi uyqu“ romanida zodagonlarning axloqiy va iqtisodiy tushkunligi ifodalandi.

Yangi davr adabiyoti (19-asr oʻrtalari — 1917) manjurxitoy zodagonlari, imperialistik davlatlar zulmiga qarshi ozodlik harakatini, jamiyat tushkunligini aks ettirdi. Gʻarb madaniyati bilan birinchi tanishuv boshlandi. 1900-yillarning boshlaridagi inqilobiy koʻtarilish koʻpgina adiblar ijodida oʻz ifodasini topdi.

1919-yilda boshlangan „4-may“ ozodlik harakati davridan eʼtiboran eng yangi adabiyot vujudga keldi. Bu adabiyotning idk yirik namoyandasi Lu Sin (1881 — 1936) asarlarida oddiy kishilar Xitoy adabiyoti tarixida birinchi marta asar qahramonlari qilib qalamga olindi. 1922-yilda „Ijod“ guruhiga uyushgan adiblar romantik ruxda asarlar yaratdilar. 20-yillar boshlaridan sheʼriyatdagi soʻzlashuv tiliga asoslangan yangi shakl klassik sheʼriyat shakllarini siqib chiqardi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilarga qarshi milliy ozodlik urushi (1937) davrida vatanparvarlik ruhida yozilgan kichik hajmdagi asarlar keng yoyildi. Yaponiya tormor etilgach (1945), adabiyot mamlakatni demokratik rivojlantirish uchun kurashni avj oldirdi. Xitoy Kompartiyasi rahbarligida xalqning ozodlik uchun kurashiga yordam beradigan inqilobiy adabiyot rivojlana boshladi. 1949-yil XXR tashkil kilinishi sotsialistik qurilishni aks ettiradigan, yangi kishini tarbiyalashga xizmat qiladigan yangi adabiyot rivojiga imkon yaratdi. Chjao Shuli (1906—70)ning „Sanlivan qishlogʻi“, Chjou Libo (1908—79)ning „Poʻlat oqim“ roman larida ishchi va dehqonlarning yangi hayoti va mehnati ifodalandi. Tarixiyinqilobiy syujetlarda romanlar (Yan Moning „Yoshlik qoʻshigʻi“) yaratildi. 50-yillarning boshlarida tinchlik va xalklar doʻstligi mavzularida, ayniqsa, sheʼriyatda muhim asarlar ijod qilindi. Lekin 1958-yilda „inkilobiy romantizm bilan inqilobiy realizmning uygʻunligi“ Xitoy adabiyotida birdan bir ijodiy metod deb eʼlon qilindi. Amalda esa ijod axlidan xaspoʻshlab aks ettirish, voqealarni ideallashtirish talab qilindi. 60-yillar oʻrtalaridan „madaniy inqilob“ boshlanishi munosabati bilan yangi badiiy asarlar yaratilmay qoʻydi, tarjima asarlarini nashr etish toʻxtatildi, koʻpgina adabiybadiiy jurnallar yopildi. Xitoy yozuvchilari uyushmasi (1953-yildan tashkil qilingan)ning faoliyati ham, asosan, toʻxtab qoldi. 1970-yillarning boshlaridan adabiy hayotda bir oz jonlanish yuz berdi. „Madaniy inqilob“ yillarida quvgʻinga uchragan yozuvchi va shoirlarning katta guruhi oklandi, ularning faoliyati qayta tiklandi. Ular tomonidan yozilgan asarlar nashrdan chikarildi. Xalqning ongini bozor munosabatlariga moslashtirish, oʻtgan davrga tanqidiy yondoshish, milliylikni saqlab qolish kabi masalalar yangi adabiyotning asosiy gʻoyasiga aylandi. Jahon adabiyotining xitoy adabiyotiga boʻlgan taʼsiri kuchaydi.

1977-yildan pyesa, sheʼr, nasriy va publitsistik asarlar paydo boʻla boshladi. Bu yillarda yaratilgan asarlarda oʻn yillik tartibsizliklar davridagi turmush ochib beriddi. Nasr, ayniqsa, hikoya janri jonlandi. Lyu Sinuning „Sinf rahbari“, Van Menning „Sartarosh hikoyasi“, Ju Chjitszyuanning „Kutilmagan voqea“ kabi hikoyalari shuhrat qozondi. Qissalardan Shen Junning „Oʻrtacha yosh“, Ye. Veyminning „Daryoda moʻljalsiz suzish“, L u Yanchjouning „Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi“ ajralib turadi. Shuningdek, Chjou Ketsinyaning „Syuy Mao va uning qizlari“, Vey Veyaning „Sharq“, Li Chjunning „Xuanxe sharqqa qarab oqadi“, Gu Xuaning „Nilufar gullari vodiysida“ romanlari paydo boʻldi.

Meʼmorligi



Xitoy hududida mil. av. 4— 1-ming yillikka oid manzilgohlar saklangan. Mil. av. 2ming yillikda devorlar bilan oʻralgan, ibodatxona va saroylari boʻlgan shaharlar paydo boʻldi (poytaxt Anyan shahri saroyi xarobalari). Sinchli binolar qurilgan. Mil. av. 1-ming yillik oʻrtalarida meʼmorlik va shaharsozlik prinsiplari shakllandi. Mamlakat markazlashgan yagona Sin davlatiga birlashtirilgach (mil. av. 221—207), Buyuk Xitoy devorinint asosiy qismi qurildi. Sin va Xan davrlari (mil. av. 206— mil. 220)da 2— 3 qavatli uylar, yirik saroylar qurildi. Mil. av. 3-asrgacha murakkab konstruksiyali ulkan saroylar, katta koʻprik, maqbara, darvozalar quriddi (Sichuan provinsiyasi, Yaan uyezdidagi Gaoi syuye). 3—6-asrlarda buddizm taʼsiri natijasida kup yarusli ibodatxona — pagodalar barpo etildi (Xenan provinsiyasida, 523). 7—12-asr xitoy meʼmorligi shakllarning qatʼiyligi va mahobatliligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Loyan, Chanʼan shaharlari, saroy va ibodatxona majmualari (Utayshan togʻlaridagi Foguan ibodatxonasi, 857), pagodalar (Sianya yaqinidagi Dayanta yoki „Yovvoyi gʻozlar“ katta pagodasi, 652). Sun davlati davrida Xitoy meʼmorligiga shakllarning nihoyatda nafis va mutanosibligi xos (Kayfindagi Teta yoki „Temir“ pagoda, 1041—48). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi davri (13—14-asr)da yuanlar davlati poytaxti Dadu (keyinchalik Pekin)da binolar ansambli qayta qurildi, saroy majmualari yaratildi.

19-asr 2-yarmida Shanxay, Tyantszin, Nankin, Guanchjou kabi yirik shaharlarda Yevropa tipidagi eklektik binolar paydo boʻldi (Ixeyuan bogʻidagi Sinyanfan saroy paviloni, Pekindagi kutubxona). 20-asr 80-yillaridan zamonaviy qurilish konstruksiyalari milliy meʼmoriy anʼanalar bilan uygʻunlashtirilib, yirik bino va inshootlar bunyod etildi.

Tasviriy sanʼati



Xitoyning kad. sanʼat yodgorliklari mil. av. 3ming yillikka mansub. Xitoyning kup joylaridan nafis ishlangan sopol idishlar, jez va nefritdan ishlangan va shakli hamda guli har xil boʻlgan buyumlar, hayvonlarning In davriga mansub toshdan ishlangan haykalchalari, Chjou davri (mil. av. 11—3-asr)ga mansub amaliybezak sanʼati asarlari topilgan. Mil. av. 1-ming yillikdan qilich sopi, mebel tayyorlashda lokdan foydalanila boshlandi. Mil. av. 4—3-asrlarga oid shoyiga tush bilan rayem solingan asar saklangan. Xan davri (mil. av. 206 — mil. 220) makbaralaridan mifologiya va dunyoviy mavzudagi relyef hamda yozuvlar, odam, uy hayvonlari tasvirlangan sopol idishlar, oltin va kumush bilan bezatilgan jez buyumlar topilgan.

4-asrdan budda gʻor ibodatxonalari haykal va devoriy rasmlar bilan bezatildi (Yungan, Lunmin, Mayszishan). Bu davrda rassom Gu Kaychji va xattot Van Sichji ijod qildilar. Tan (618907) va Sun (9601270) sulolasi davrida Xitoy sanʼatining barcha turi ulkan yutuklarga erishdi. Bu davrda xalq hayotini haqqoniy aks ettiruvchi monumental rangtasvir paydo boʻldi; rassomlikning shoyi matoga tush yoki boʻyoq bilan rayem solish turi shakllandi. U Daotszi, Van Vey, Yan Liben, Chjou Fan, Xan Gan va boshqa Tan davrining mashhur rassomlari boʻlgan. Amaliy bezak sanʼati rivojlandi. Szindechjen chinni manufakturasida tayyorlangan mahsulotlar chet elga chiqarildi va jahonga mashhur boʻldi. 16-asrdan badiiy kashtadoʻzlik va toʻquvchilik rivojlandi. 19-asr 2-yarmida Xitoyning yarim mustamlakaga aylanishi ijtimoiy va madaniy hayotda qaramaqarshiliklar vujudga keltirdi, tasviriy sanʼatda turgʻunlik koʻzga tashlandi. Shu davrda Yevropa sanʼati taʼsirida moyboʻyoq rassomligi paydo boʻldi. 19-asr oxiridan rassomlar milliy klassikani ijodiy rivojlantirish yoki uni Yevropa uslubi yutuqlari bilan uygʻunlashtirishga intildilar. 20-asrning 20—30-yillarida yogʻoch gravyurasi paydo boʻldi. XXR tashkil boʻlgach (1949), Xitoy tasviriy sanʼati jadal surʼatda rivojlana boshladi. Bu davrda Szyan Yan, Xuan Chjou, Ye Syanyuy, Yan Chjiguan va boshqa samarali ijod qildilar. „Madaniy inqilob“ yillari Xitoy rassomligi inqirozi davri boʻldi. 1976-yildan soʻng qayta tiklana boshladi. Rassomlar oʻz faoliyatlarini takomillashtirish yoʻllarini qidira boshladilar. Xitoyda Si Bayshi, Syuy Beyxun, Pan Tyanshou, Li Kuchat, Lyu Xaysu, Guan Shanyue va boshqa rassomlar mashhur. Zamonaviy tasviriy sanʼatida turli oqim va yoʻnalishlar mavjud.

Musiqasi



Xitoy musiqa madaniyati jahonning eng qad. musiqa madaniyatlaridan biri. Uning manbai mil. av. 2ming yillikdayoq muayyan darajada rivojlangan qad. qoʻshiq va raqslarga borib taqaladi. „Shitszin“ („Qoʻshiqlar kitobi“, mil. av 11—6-asrlar)da 3000 xalq qoʻshigʻi, marosim madhiyalari toʻplangan boʻlib, xalq qoʻshiq sanʼatining muhim yodgorligidir. Xitoy xalq musiqasi bir ovozli boʻlib pentatonikaga asoslangan (mil. av. 7-asrda shakllangan). Keyinchalik 7 va 12 ovozli sistema paydo boʻldi. Asosiy musiqa cholgʻulari (anʼanaviy xitoy orkestri, odatda, 100 ga yaqin, cholgʻudan tashkil topadi): torli — se, sin, pipa, erxu, sixu, banxu; puflama — syao, paysyao, di, sona, shen; urma — gong, qoʻngʻiroqcha, baraban, tarelkalar. Nota yozuvidagi (iyeroglif tizimi) birinchi professional asar — „Yulantsu“ („Tanho orxideya“) pyesasidir (muallifi Syu Min, 6-asr). 8-asrda balet sanʼati rivojlana boshladi. 12—13-asrlarda dramatik dialog, orkestr joʻrligida kuylash, pantomima va raqsni oʻzida mujassamlashtirgan xitoy operasi shakllandi. 17-asrning oʻrtalaridan Sharqiy Xitoyda orkestr musiqasi rivojlandi. 19-asr bilan 20a oraligʻida Yevropa musiqasi taʼsiri sezildi. 1927-yil konservatoriya ochildi. Xitoy musiqasiga boshqa mamlakatlar musiqa sanʼati yutukdarini olib kirishga intiluvchi „Yangi xitoy musiqasi“ deb nomlangan ilgʻor musiqa harakati paydo boʻldi. Kompozitorlar Ne Er (1912 35; ommaviy vatanparvarlik qoʻshiqlar muallifi), Si Sinxay (1905 — 45), Xuan Szi (1904—38), Chjanshu (1908—38) yangi musiqa asoschilaridir. 1953-yil Xitoy kompozitorlar uyushmasi tuzilgan. Pekin, Shanxay, Shenyan, Chendu, Tyantszin, Sian, Guanchjou shaharlarida konservatoriyalar ishlaydi. Xitoyda dirijyorlar Li Demun, Xuan Itszyun, Yan Lyankun, Xan Chjunsze, Chjen Syaoin, kompozitorlar Li Xuanchji, Lyu Chji, Syuy Sisyan, Syuy Vey, Chju Szyaner, Chjan Juy, Chjen Syufen, ijrochisolistlar Lu Chunlin, Lyu Dexay, Van Gotun, Shen Chjungo, vokalchilar Chjan Syuan, Vey Sisyan, Xu Sunxua, Van Kun, Li Guilar mashhur. Soʻnggi chorak asr davomida musiqa sanʼatida katta yuksalish yuz berdi. Ayniqsa, zamonaviy estrada janri tez rivojlandi. Yoshlar oʻrtasida gʻarb musiqasiga boʻlgan intilishning kuchayishi har xil yoshlar ansambllari tashkil topishiga olib keldi. Yevropa musiqa ohanglari bilan milliy musiqa ohanglarining qoʻshilib ketishi kuzatildi. Musiqa ijro etishda zamonaviy musiqa cholgʻularidan foydalanish keng tarqaddi.

Teatr sarchashmalari xalqning qoʻshiqraqs ijodi, turli marosim va oʻyinlar bilan bogʻliq tomoshalardan boshlanadi. Xandavri (mil. av. 3-asr — mil. 3-asr)da shaharlar va hunarmandchilikning rivoji teatr sanʼati taraqqiyotiga taʼsir etdi. Tan davri (7— 10-asrlar)da buddizm xitoy adabiyoti va sanʼatiga, xususan, raqs sanʼatiga katta taʼsir koʻrsatdi. 8-asr oʻrtalarida imperator Syuantszun saroyida „Nokzor“ („Liyuan“) teatr maktabi tashkil qilindi. 10—12-asrlarda professional aktyorlar truppalari vujudga keldi. 13— 14-asrlarda teatr sanʼati takomillashdi. 17—19-asrlarda muayyan xudud bilan bogʻlangan mahalliy teatr janrlari (banszi, sintsyan, yuetszyuy va boshqalar) paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalarida mahalliy teatrlar negizida teatrning yangi shakli — Pekin musiqali dramasi shakllandi; u keyinchalik xitoy umummilliy klassik musikali dramasiga aylandi. 20-asr boshlarida zamonaviy drama teatri shakllandi (asosan, Yevropa drama sanʼati taʼsirida). 1907-yilda birinchi drama truppasi — „Koʻklamgi majnuntol“ („Chunlyushe“) tashkil qilindi. Oʻsha yili „Kuklam quyoshi“ („Chunyanshe“) professional teatri ham tashkil topdi. 1927-yil Shanxayda ilgʻor teatr arboblari, dramaturg va aktyorlar „Janubiy jamiyat“ („Nantoshe“)ga birlashdilar. 1930— 40 yillardagi yirik dramaturglar: Sao Yuy, Go Mojo, Xun Shen, Tyan Xan, Ouyan Yuysyan, Sya Yan va boshqa

1930-yilda Sud teatr arboblari ligasi tuzildi. 30ylarda zamonaviy drama teatr saxnalarida rus va Gʻarbiy Yevropa dramaturglarining pyesalari qoʻyildi (N.V.Gogol, A. N. Ostrovskiy, M. Gorkiy, G. Ibsen va boshqalarning pyesalari). XXR tashkil etilgach (1949), teatr sanʼatida islohot oʻtkazildi, klassik dramalar qayta koʻrib chiqildi. 1952-yilda 1Umumxitoy teatr va drama koʻrigida islohotga yakun yasaldi. 1963—64 yillarda teatrda inqilob oʻtkazish, klassik pyesalarni „zamonaviy inqilobiy pyesalar“ bilan almashtirish masalasi kun tartibiga qoʻiildi, natijada professional jamoalar keskin kamayib ketdi. „Madaniy inkilob“ davri teatr sanʼati uchun ham tushkunlik davri boʻldi. 1976-yildan soʻng teatr taraqqiyoti yangi bosqichga oʻtdi. Oʻz asarlarida xayotni real aks ettiruvchi yosh isteʼdodli dramaturglar yetishdi. Zamonaviy va tarixiy mavzularda koʻplab pyesalar yaratildi.

Kinosi



Xitoyda birinchi film 1913-yil yaratilgan („Soxta erxotinlar“). 1920—30-yillarda progressiv yoʻnalishdagi filmlar ishlab chikarildi („Baliqchi qoʻshigʻi“, „Yoʻl“, „Chorraha“ va boshqalar). 1940-yillarda Xitoy kinematografchilari ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan filmlarni suratga oldilar („Sungari daryosida“, „Bahorgi suvlar sharqqa oqadi“, „Sakkiz ming li, oy va bulutga yoʻl“ va boshqalar). 1938-yil sentabrda tuzilgan Yanan kinoguruhi ozod etilgan hududlarda „Yanan va 8armiya“, „Doktor Norman Betyun“, „Nannivan“ kabi hujjatli filmlar yaratdilar. 1946-yil Xitoy shimoli-sharqining ozod etilgan rnlarida Dunbey (Shimoli-sharq) studiyasi (keyinchalik Chanchun) tashkil etildi. „Xitoy kizlari“ (rej.lar Lin Szifen va Chjay Syan), „Poʻlat askar“ (rejissyor Chen In), „Oq sochli qiz“ (rej.lar Van Bin va Chjan Shuyxua), „Partiya kizi“ (rejissyor Lin Nun), „Tinchlik yoʻlida“ (rejissyor Xuan Szolin) filmlari 1950-yillardagi eng yaxshi filmlardir. 1950-yil Pekin shahrida kinematografiya instituti tashkil etilgan. 1960-yillarning oʻrtalaridan filmlar ishlab chiqarish kamaydi. 1967—69 yillarda deyarli barcha studiyalar oʻz faoliyatlarini toʻxtatdi, faqat bir nechtagina hujjatli film chiqarildi. 1976-yildan keyin kino ishlab chiqarish astasekin tiklana boshladi. 1980-yillarda qishloq hayoti mavzusidagi „Yuelyan qishlogʻidagi qahqaxa“, „Syuy Mao va uning kizlari“, „Qishloqqa muhabbat“ va boshqa filmlar yaratildi. „Sian hodisasi“, „Nanchan qoʻzgʻoloni“ filmlarida inqilob tarixidan muhim lavhalar aks ettirildi. „Qon har doim qaynoq“, „Koʻprik ostida“ filmlari hozirgi zamon yoshlari, ularning muammolariga bagʻishlandi. Shuningdek, Lu Sin, Mao Dun, Lao She asarlari asosida ham filmlar yaratildi. „Bulutlar ortidagi togʻlar qissasi“, „Oʻrtacha yosh“, „Yilqichi“ kabi filmlarda xitoy xalqining maʼnaviy goʻzalligi va mehnatsevarligi haqida hikoya qilinadi. Xitoyda badiiy hamda hujjatli filmlar bilan bir qatorda multiplikatsion va ilmiyommabop filmlar ham ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston — Xitoy Xalq Respublikasi munosabatlari




Rasmiy nomi Xitoy Xalq Respublikasi . Poytaxti — Pekin shahri. BMT aʼzosi.

Xitoy Gʻarbiy Osiyoda joylashgan boʻlib, maydoni 9,6 mln. km ni tashkil etadi. Osiyodagi yirik davlat hisoblanadi, jahonda esa maydoni jihatidan Кanada va Rossiyadan keyin 3-oʻrinda turadi. Xitoy quruqlikda 14 davlat bilan chegaradosh, ular: Afgʻoniston, Butan, Myanma(Birma), Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Laos, Mongoliya, Nеpal, Pokiston (talash hudud boʻlgan Кashmir), KXDR, Rossiya, Tojikiston va Vyеtnam. Chegaralarning umumiy uzunligi 22 117 km. Dengiz boʻylab esa Shimoliy Koreyadan Vyetnamgacha, Gʻarbiy Xitoy dengizi, Koreys koʻrfazi, Sariq dengiz va Janubiy Xitoy dengizi, Tayvan oroli bilan Tayvan boʻgʻozi orqali 14 500 kilometr uzunlikda tutashgan. Xitoyni 1949-yildan Kommunistlar partiyasi boshqarib keladi. Xitoy faqat bir partiyali mamlakat hisoblanadi.

Tarixi




Geografiyasi




Bambukzorlar

Xitoyda bambukning 500 ga yaqin turlari mavjud, oʻrmonlarining 3 foizi bambuklardan tashkil topgan. Qalin qamishzorlarni Xitoyning 18 provinsiyasida uchratish mumkin. Bambuklar asosan hayvonlarga ozuqa boʻladi, shuningdek, sanoat korxonalarida ham ishlatiladi.

Xuanxe (Sariq daryo)

Xitoydagi ikkinchi buyuk daryo, uzunligi 5464 km. Xuanxe yoki Sariq daryo oʻta tezlik bilan oqadi. Bu daryoda 1642-yilda 300 ming kishi oqib halok boʻlgan

Lushan togʻlari
Xitoy tamaddunining oʻchogʻi sanaladi. Maydoni 5 ming kvadrat kilometrga teng bu togʻlar mamlakat janubi, Tszyansi provinsiyasining Intan shahri yaqinida joylashgan. SHimolda Xitoyning eng uzun daryosi — Yantszi bilan chegaradosh. Janub tomondan mamlakatning eng katta chuchuk suvli daryosi — Poyaku suvlari bilan yuviladi. Lushan togʻlari 2000-yillik tarixga ega boʻlib, ular ilk bora xitoy solnomalarida tilga olingan.
Qadimda bu erda sehr-jodu bilan shugʻullanishgan va shu bois Lushan togʻlari xudosizlar manzili xisoblangan. Daosizm va buddizm oqimlari vujudga kelgach, oqim asoschilari bu erga ilk maktab va akademiyalarni qura boshlagan. Qurilmalarning ayrimlari shu davrga qadar saqlanib qolgan.
Qoʻriqxona necha yuz yillardan buyon oʻz goʻzalligi bilan butun dunyoni oʻziga maftun qilib keladi. Uni madh etuvchi 4 mingdan ziyod sheʼr va dostonlar bitilgan.1996-yildan YUNYeSKOning jahon meroslarini saqlash qoʻmitasi tomonidan unga quyidagicha baho berilgan: "Lushan togʻlarining dunyoviy merosi shundaki, u xitoy millatining maʼnaviy-madaniy qadryatlari bilan bevosita bogʻliq. Xitoy xalqining qadriyatlari tabiat bilan uygʻunlashib ketganday goʻyo. U yirik madaniy manzarani aks etdiradi. 2007yili Lushan togʻi Milliy bogʻ sifatida tan olinib, jahon meroslarining roʻyxatiga kiritilgan. 1998-yilda esa geologik park sifatida YUNYeSKO xalqaro tarmogʻiga kiritilgan. Bu tarmoqqa 28 geoparklar kiritilgan boʻlib, ularning 7 tasi Xitoyda joylashgan.

Iqtisodiyoti



Xitoy Xalq Respublikasi aholisining soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 2009-yil maʼlumotiga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 1,329 mlrd kishini (Syangan MAR va Tayvan provinsiyasi, Aomen rayonidan tashqari) tashkil etdi. U hozirda dunyo aholisining 21 % ni tashkil etmoqda. Xitoy aholisining oʻrtacha zichligi 1 kv. kilometr ga 137 kishini tashkil etadi. Xitoy aholisi uning hududi boʻylab bir tekisda joylashmagan boʻlib, Sharqiy Xitoyning dengiz oldi rayonlarida aholining zichligi 1 kv. kilometr ga 410 kishidan ortiq aholi toʻgʻri kelsa, Markaziy Xitoyda aholining zichligi 1 kv. kilometrga 200 kishidan ortiq toʻgʻri kelsa, gʻarbiy Xitoyning togʻli hududlarida bu koʻrsatkich 1 kv. kilometr ga 20 kishidan ham kam kishi toʻgʻri keladi.

2010-yilda Xitoyning yalpi ichki mahsuloti Yaponiyadan yuqori boʻlib, dunyoda AQShdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Xitoy potentsial supergohlardan biri hisoblanadi.

Dini



Xitoyning anʼanaviy dini konfusiylik, koʻpchilik daosizm va buddizm diniga sigʻinishadi. Xitoyliklar orasida islom va xristian dinlariga ham eʼtiqod qiluvchilari bor. Xuey, uygʻur, qozoq, qirgʻiz, tatar, oʻzbek, tojik, dunsyan, salar va baoan xalqlari musulmonlar hisoblanadi. Tibetliklar, moʻgʻullar, tai va yugurlar lamaizm diniga eʼtiqod qilishadi. Vetveylar buddizmga eʼtiqod kilishadi, myao va yaolar xristian diniga eʼtiqod qilishadi, koʻpchilik daurlar, orochonlar va evenklar shamanizmga eʼtiqod qilishadi.

Madaniyati




Xitoy haqidagi maqolalar




Galereya




Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz