Ubisoft Blue Byte
Ubisoft Blue Byte GmbH (2017-yilgacha
Blue Byte ) — Ubisoftga tegishli nemis videooʻyin ishlab chiqarish kompaniyasi. U 1988-yil oktabr oyida Tomas Gertsler va Lotar Shmitt tomonidan asos solingan.Kampaniya Anno va The Settlers oʻyinlari seriyalarini ishlab chiqish bilan mashhur. Studiya 2001-yilda Ubisoft tomonidan sotib olingan.
Related Designs 2013-yilda Blue Byte-ga birlashtirildi.2019-yildan beri Ubisoft Blue Byte
Ubisoft Dyusseldorf ,
Ubisoft Mainz va
Ubisoft Berlin nomini olgan uchta nemis studiyasining bosh kompaniyasi sifatida ishlaydi.
Tarix
Asosiy va birinchi oʻyinlar (1988-1993)
1988-yilda Thomas Hertzler va Lothar Schmitt nemis videooʻyinlar ishlab chiqaruvchisi Rainbow Arts kompaniyasini tark etishdi va oʻsha yilning oktabr oyida oʻzlarining Blue Byte kompaniyasiga asos solishdi. Buning uchun Hertzler va Schmitt Hertzlerning ota-onasidan qarzga olingan 10 000 Nemis Mark miqdoridagi boshlangʻich kapitalidan foydalanganlar va Hertzlerning Mülheimdagi uyining chodirida ofis ochishgan.
Blue Byte-ning birinchi nashr etilgan oʻyini 1989-yilda Ubi Soft (keyinchalik Ubisoft nomi bilan oʻzgartirilgan) tomonidan chiqarilgan Great Courts tennis simulyatsiyasi edi. Blue Bytening Germaniya va Yevropadagi birinchi katta muvaffaqiyati oʻyini 1991-yilda yakunlangan Battle Isle strategiya oʻyini boʻldi. Kompaniyaning navbatdagi katta muvaffaqiyati 1993-yilda The Settlers nomi bilan xalqaro miqyosda sotiladigan Die Siedler boshqaruv oʻyinining chiqarilishi boʻldi. The Settlers koʻplab davomiy seryalarga ega boʻlib, Blue Byte mahsulotlarining eng mashhuriga aylandi.
Yirik loyihalar (1994-2000)
Yillar davomida Blue Byte koʻplabyangi oʻyinlarni ishlab chiqdi, jumladan Chewy: Escape from F5 va Albion, lekin ularning aksariyati xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozona olmadi. Amerika bozoriga kirishga urinishlarga, odatda Accolade nashriyotida yordam berdi lekin muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Asosiy muvaffaqiyat Germaniya va Evropaning baʼzi qismlari bilan cheklandi. 1995-yilda Chikagoda yashovchi Julian Pretto ismli tadbirkor Germaniyaga borib, ularni Shimoliy Amerikada ofis ochishga ishontirdi. Qoʻshma Shtatlarda Battle Isle 2020 muvaffaqiyatli chiqqandan soʻng, Pretto firmani tark etdi. Uch yil oʻtgach, Blue Byte Chikagodan (Illinoys ) Texasning Ostin shahridagi yangi binoga koʻchib oʻtdi.
Ubisoft shoʻba korxonasi sifatida (2001-yildan hozirgi kungacha)
2001-yil fevral oyida Blue Byte Ubi Soft tomonidan sotib olindi va unga Blue Bytening ikkita eng mashhur oʻyin seriyasiga eʼtibor qaratish topshirildi.Sotib olingan vaqtida Blue Byte 64 kishidan iborat boʻlgan va Buyuk Britaniya, Germaniya va Qoʻshma Shtatlarda faolliyat yuritayotgan edi. Taxminan 2013-yilda Blue Byte Related Designs bilan ikkita oʻyinda hamkorlikda ishlagan, jumladan Might va Magic Heroes Online. Related Designs 2013-yil aprel oyida Ubisoft tomonidan sotib olindi, shu vaqtdan boshlab kompaniya Blue Byte bilan birgalikda loyihalarni ishlab chiqadi. Related Designs 2014-yil iyun oyida Blue Byte-ga birlashtirilib, Blue Byte-ning ikkinchi ichki studiyasiga aylandi. 2014-yilda Blue Bayte The Settlers: Kingdoms of Anteria oʻyinini ishlab chiqdi.
2017-yilda Blue Byte Ubisoft Blue Byte brendiga ega boʻlib, avgust oyida Gamescom tadbiri oldidan yangi logotipi taqdim etildi. Berlindagi uchinchi Blue Byte studiyasi 2017-yil aprel oyida ochilgani eʼlon qilindi. Ubisoft Blue Byte studiyasining operatsion menejeri Istvan Tajnay yangi studiyaning studiya menejeri boʻldi.Ubisoft Blue Byte tarkibiga kirsa ham, Berlinda joylashgan studiya ataylab „Ubisoft Berlin“ deb nomlangan.Ubisoft Berlin 2018-yil boshida ish boshladi va 2018-yil 25-sentabrda oʻzining rasmiy ochilishini oʻtkazdi. 2019-yil avgust oyida Gamescom koʻrgazmasida Ubisoft Blue Byte yangi korporativ identifikatsiyani ochib berdi, unda oʻz brendi ostidagi studiyalari Ubisoft Dyusseldorf va Ubisoft Mainz deb oʻzgartirildi.Bu harakat, birinchi navbatda, qoʻshimcha xodimlarni jalb qilishga qaratilgan edi.Chunki Ubisoft Blue Byte oʻsha paytdagi 520 nafar xodimi boʻlgan, 2023-yilga kelib 1000 nafar xodimgacha kengayishi kutilmoqda. 2020-yil dekabriga kelib, „Ubisoft Blue Byte“ brendini bekor qilinib boshladi, ilgari eskirgan ijtimoiy media kanallari oʻchirilmoqda.
Oʻyinlar
Battle Isle seryasi
Settlers seryasi
Anno seryasi
Boshqa oʻyinlar
Shuningdek qarang.
''Qo'shimcha mutolaa uchun ingliz tilidagi maqolalar''
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org