Ubikvitinlashtirish




Ubikvitinlashtirish - bu ubikvitin oqsili va ubikvitinligaza maxsus fermenti ishtirokida bo'lib o'tadigan oqsilning postranslatsion ozgarish jarayonlaridan biri.

Ubikvitinlashtirish hujayrada har xil vazifalarni bajaradi. Ularning ichida: oqsilning proteasomalar va lizosomalarda proteolizi, oqsilning tronsportatsiyasi va oqsil-fermentlarning funksiyalarini aktivatsiya va inaktivatsiya (yoqish va o'chirish) qilish.

Oqsil-substratga nechta ubikvitin molekulasi qo'shilishiga ko'ra ubikvitinlash monoubikvitinlash va poliubikvitinlashga bo'linadi.

Monoubikvitinlash - bu oqsilga uqikvitinning bitta molekulasini qo'shish jarayoni. Ubikvitin molekulasi oqsil-substratga o'zining Lizin 48 aminokislotasi bilan qo'shiladi.

Poliubikvitinlash - bu oqsilga uqikvitinning birdan ortiq molekulalarini qo'shish jarayoni bo'lib, bunda oqsil-substratda ubikvitin zanjirlari hosil bo'ladi. Ikkita ubikvitin molekulalar orasidagi bog' birinchi ubikvitinning Glitsin 76 aminokislotasi va ikkinchi ubikvitinning Lizin 63 aminokislotalalarining o'rtasida hosil bo'ladi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz