Ubegayet leto




Ubegayet leto “ (ruscha: Убегает лето, yaʼni „Yoz tugab bormoqda“) — rus xonandasi Andrey Gubin ijro etgan qoʻshiq. 2001-yil chiqarilgan. Xonandaning 2002-yil eʼlon qilingan „Vsegda s toboy“ nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, tarona xonandaning „Vremya romantikov“ (2004) hamda ikki diskdan iborat „Kolleksiya“ (2014) terma albomlariga ham kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham Gubinning oʻzi yozgan.

„Ubegayet leto“ qoʻshigʻi Gubin reperturaridagi eng keng tanilgan taronalarning biridir. Gubin taronani „Pesnya goda-2001“ festivalida ijro etgan. Qoʻshiq uchun klip suratga olinmagan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz