Ubaydullayeva Raʼno Axatovna




Raʼno Axatovna Ubaydullayeva (1936.4.11, Toshkent) — iqtisodchi olima, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1981). Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida laborant (1958—60), aspirant (1960—63), kichik ilmiy xodim (1963—64), katta ilmiy xodim (1964—66), boʻlim boshligʻi (1967—78; 1992—93), direktor oʻrinbosari (1978—90) boʻlib ishlagan. 1993 — 97 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari. 1998-yildan "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini oʻrganish va boshqa masalalarga bagʻishlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz