Ubaydullayev Mamatxon
Mamatxon Ubaydullayev (1925.3.3, Namangan) — Oʻzbekiston xalq artisti (1982). 1943-yildan Namangan viloyat musikali drama va komediya teatrida ishlaydi. "Ogʻriq tishlar"dagi Mamarasul, "Otello"da Yago, "Maysaraning ishi"da Choʻpon, "Ona qalbi"da Erkin, "Shubha"da Haydar, "Qirol Lir"da Graf Emond, "Nurxon"da Mamat, Hoji, "Tohir va Zuhra"da Qorabotir, "Hamlet"da Hamlet, "Sarvqomat dilbarim"da Ilyos, "Ezop"da Ksaf, "Aziz va Sanam"da Junaidxon kabi rollarni oʻy n agan. Qaqramonlarini nozik psixologik kechinmalar orqali ifoda etish, nutq va harakatlarning rang-barangligi, kuchli temperament U. ijodining yetakchi xususiyatlaridan. "Elyurt hurmati" ordeni (1998), "Shuxrat" medali (1993) bilan mukofotlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org