Ubaydullaev Hikmatilla




Biografiya



Hikmatilla Ubaydullayev Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili fakulteti va Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining yuqori jurnalistika kurslarini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini BMTning Oʻzbekistondagi Axborot markazida boshlagan. Shuningdek, „Oʻzbegim Taronasi“ radiosida muxbir, Milliy TV nodavlat musiqiy va koʻngilochar telekanalida muharrir lavozimlarida ishlagan.

2018-yil aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati huzuridagi Media markazining Media manbalarini monitoring qilish hamda  takomillashtirish guruhining yetakchi mutaxassisi.

2018-yil iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati huzuridagi Media markazining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar, jamoatchilik bilan aloqalar va davlat boshqaruvi bilan aloqalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi.

2018-yil dekabr — Choʻlpon nomidagi Nashriyot-matbaa ijodiy uyining matbuot kotibi.

2019-yil fevral oyidan boshlab Ubaydullayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati rahbari.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz