Ubaydulla Derbisalin
Abdulla Derbisalin (Ubaydulla Derbisalin) — Turkiston ASSRdagi milliy kommunistlardan.
Shaxsiy hayoti
1888-yilda Yettisuv viloyatida (Qozogʻistonning hozirgi Qoʻstanay viloyati Qorabuloq tumanida) tugʻilgan. Turmush oʻrtogʻi Zaxida Derbisalin (1896-1943). 1939-yili turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgan. Farzandlari Galiya Derbisalin(1919-tugʻilgan) va Aysulu Derbisalin(1922-2008)[1].
Faoliyati
1917-yili Turkistondagi siyosiy jarayonlarda qatnashgan. Qozoq ovullarida dastlab muxtoriyatchilik gʻoyalarini targʻib etgan. Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida qatnashib, Turkiston Milliy Majlisi a’zoligiga saylangan.
Muxtoriyat hukumati agʻdarilgach, sovet hokimiyati tomoniga oʻtgan. Turor Risqulov rahbarligida 1919-yil mart oyida Toshkentda Turkiston oʻlka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tashkil qilingach, RKP(b) oʻlka Musulmonlar byurosining Yettisuv (Semirechye) viloyati rahbari (1919-yil ikkinchi yarmi - 1920-yil aprel).
Keyinchalik Janubiy Qozogʻiston viloyatining Lenin rayonidagi yogʻ zavodida buxgalter boʻlib ishlagan.
Qatagʻon qilinishi
1941-yil 4-iyulda NKVD Lenin rayoni boʻlimi tomonidan qamoqqa olinib, unga RSFSR Jinoyat kodeksining 58-10 moddasidagi ayblar qoʻyilgan. 1941-yil 27-sentabrda mexnat axloq tuzatish lageriga 7 yil muddatga hukm qilingan. Qamoqdan qaytmagan
Reabilitatsiya
Abdulla Derbisalin Qozogʻiston SSR Oliy sudi Prezidiumi tomonidan vafotidan soʻng 1989-yil 1-dekabrda reabilitatsiya qilingan.
Manbalar
uz.wikipedia.org