Ubaydulla Asadullaxoʻjayev
Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (ayrim manbalarda Xoʻjayev Ubaydulla) (1878, Toshkent — 1937) — jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, oʻzbek mat-buotining ilk tashkilotchilaridan biri.
Toshkentdagi rus-tuzem maktabini bitirgach, mahkamalardan birida tilmoch boʻlib ishladi (1897). Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida oʻqidi (1908-12). Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni oʻyladi, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar qildi (1909). Oʻqishni tu-gatgach, dastlab Saratov, 1913-yilda Toshkent okrug sudida xususiy advokat boʻlib ishladi. Chor hukumati maʼmurlarining poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Jadidchilik harakatiga qoʻshilib, tez orada uning yirik vakillaridan biriga aylandi."Umid" deb ataluvchi ilgʻor musul-mon guruhiga yetakchilik qildi (1913). „Turon“ jamiyatining asoschilaridan biri (1913). U mustaqil firqa tashkil qilish niyatida Toshkentda „Sadoi Tur-kiston“ gaz.ini tashkil etib (1914.4.4), unga muharrirlik qildi. Gaz. ishiga oʻsha davr maʼrifat dargʻalari — Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxo-nov, Abdurauf Muzaffarov singarilarni jalb etdi. U gaz.da turli mavzularda dolzarb maqolalar bilan chiqib, chorizmning mustamlakachilik siyosatini fosh qildi. Turkistonga tarqalib, umum-677milliy matbuot nashriga aylanayotgan „Sadoi Turkiston“ 1915-yil aprelda yopib qoʻyilgan boʻlsada, u oʻlka ziyolilarining „Taraqqiyparvarlar“ firqasiga zamin tayyorladi. A. Toshkentda tuzilib, mardi-korlikka olish ishi bilan shugʻullangan „Turkiston mardikorlikka olish qoʻmitasi“ning raisi (1916). Qoʻmita chor amaldorlarining oʻzboshimchaliklarini ochib tashladi. Mardikorlikka joʻnatish haqidagi oq podsho farmoni (1916-yil 25-iyun)ni bekor qildirish uchun A. mahalliy millatparvar boy Mirkomil Mirmoʻminboyev bilan birga Peterburgga bordi. Davlat dumasining 1916-yil dekabrdagi majlisida farmon Rossiya impe-riyasining qonunchiligida koʻrsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani isbotlab berildi. A. 1917-yil Turkistondagi siyosiy jarayonlarda faol qatnashdi. „Shoʻroi islom“ jamiyati raisi. Butun Turki-ston musulmonlari I-s’ezdida tashkil qilingan Turkiston oʻlka musulmonlari markaziy kengashi kotibi va aʼzolaridan biri (1917-yil aprel). Butun Ros-siya musulmonlar kengashi MK aʼzosi (1917). Muxtoriyatchilik harakati ta-shabbuskorlaridan. Turkiston muxtori-yati hukumatining harbiy ishlar vaziri (1917-yil noyabr- 1918-yil fevral). Hukumat topshirigʻi bilan Kavkazga bordi va Tur-kistonga gʻalla keltirish masalasini hal qildi. Istiqlolchilik harakatiga xayrixohlik bilan qaragani, mustam-lakachilikka qarshi kurashgani uchun „millatchilik“da ayblanib qatagʻonga uch-ragan. Bir necha marta qamalib, turmada halok boʻldi. Ad.: Mustafo Choʻqay oʻgʻli. Istiqlol jallodlari, T., 1992; Turkiston mustaqilligi va birligi uchun kurash sahifalaridan, T., 1996; Oʻzbekiston ta-rixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, T., 1998; Pidayev T., Matbuot-millat chirogʻi, T., 1999.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org