Ubayda ibn horis saryysi
623-yil aprel oyida Muhammad alayhissalom
Ubayda ibn Horisni oltmish nafar qurolli muhojirlar bilan hozirgi Saudiya Arabistonidagi Rabig‘ vodiysiga yubordilar. Ular Abu Sufyon ibn Harb va 200 nafar qurolli chavandozlar himoyasida Suriyadan qaytayotgan Quraysh karvonini tutib olishni kutdilar. Musulmonlar guruhi Saniyat ul-Murradagi quduqlargacha yetib bordilar, u yerda Sa’d ibn Abu Vaqqos Qurayshga qarata o‘q uzdi. Bu Islomda otilgan birinchi o‘q sifatida tanilgan. Bu kutilmagan hujumga qaramay, “ular qilichni qinidan chiqarmadilar, bir-biriga yaqinlashmadilar” va musulmonlar quruq qo‘l bilan qaytishdi. Biroq ikki makkalik savdogar o‘z karvonini tark etib, musulmon bo‘ldi va musulmonlar bilan Madinaga ketdi.
Ba’zi mulohazalar:
Ba’zilar Muhammad alayhissalom harbiy safar uchun birinchi bo‘lib Ubayda ibn Horisga bayroq berganlarini aytadi; boshqalar esa Hamza birinchi bo‘lgan, deyishadi.
Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, Muhammad alayhissalom sariyyani Abvoda bo‘lganlarida yoki Abvo g‘azotidan Madinaga qaytganlarida yuborganlar.
Manbalar
uz.wikipedia.org