Ubayd Madaniyati




Ubayd madaniyati — Jan. Mesopotamiyada shakllangan eneolit davri madaniyati (mil. av. 5-ming yillik). Mil. av. 4-ming yillikda Shim. Mesopotamiyaga, shuningdek, Suriya — Kilikiya, Kichik Osiyo (Malatiya rayoni), Urmiya koʻlining janubidagi mintaqalarga tarqalgan. Qad. Ur sh. xarobalaridan 6 km janubida joylashgan Tallal-Ubayd qishlogʻida olib borilgan arxeologik qazishlar (L. Vulli, 1923—24) natijasida olingan asosiy materiallar nomi bilan atalgan. Ubayd madaniyati uchun qoʻlda yasalib, geometrik naqshlar bilan bezatilgan, baʼzan hayvonlar shaklida ishlangan sopol idishlar, kam miqdordagi mis idishlar, muhrlar, chaqmoqtoshdan yasalgan oʻroklar, maʼbudalar xaykalchasi va boshqa xos. Ubayd madaniyati axoliyey oʻtroq dehqonchilik bilan shugʻullanib, uy chorvasiga ega boʻlganlar, xom gʻishtdan yasalgan uylarda yashagan, bu uylar qishloqni tashkil qilgan, uning markazida asosiy sajdagoh — ibodatxona joylashgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz