Uaytspirit




Uaytspirit (ing. white oq, rangsiz va spirit — spirt, benzin) — erituvchi benzin, suyuq uglevodorodlar aralashmasi. Qaynash temperaturasi 165— 200° (98%), zichligi 795 kg/m3, uchuvchanligi 3—4,5. Uaytspirit kimyoviy barqaror boʻlishi, saklanganda rangi va tarkibi oʻzgarmasligi, tarkibida eruvchan kislotalar, ishkrrlar, suv va mexanik aralashmalar boʻlmasligi kerak. Uaytspirit neftni haydab olinadi, lok-boʻyoq sanoatida erituvchi sifatida qoʻllanadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz