UASSR
Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (Udmurt ASSR, UASSR) — poytaxti Ijevsk shahri boʻlgan RSFSR tarkibidagi avtonom respublika. 1991-yilning 11-oktyabrida Udmurt Respublikasi deya qayta nomlangan.
1920-yil 4-noyabrda Votskaya (1932-yildan Udmurt) avtonom viloyati sifatida tashkil etilgan boʻlsa, 1934-yil 27-dekabrda Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi „Avtonomiyani oʻzgartirish toʻgʻrisida“gi masalani koʻrib chiqdi. Ushbu qonun boʻyicha Udmurt viloyati avtonom Udmurt Respublikasiga aylantirildi.
Udmurt ASSRning birinchi Konstitutsiyasi 1937-yil 14-martda Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Sovetlarining II navbatdan tashqari s’ezdi tomonidan qabul qilingan. Birinchi Konstitutsiya Udmurt Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining RSFSR tarkibidagi maqomini tasdiqlashga xizmat qiladi. Konstitutsiya Udmurt va rus tillarini davlat tili sifatida belgilab beradi. Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining 1937-yil 22-oktyabrdagi farmoni bilan Kirov viloyatidan Udmurt ASSR tarkibiga Votkinsk, Sarapul, Karakulin va Kiyasov tumanlari oʻtkazildi.
1990-yil 20-sentyabrda Udmurt ASSR Oliy Kengashi respublika suverenitetini eʼlon qilgan. 1991-yil 24-mayda RSFSR Xalq deputatlari qurultoyi RSFSR Konstitutsiyasining 71-moddasida respublikani
Udmurt Sovet Sotsialistik Respublikasi deb atagan tuzatishni eʼlon qildi.1938-yil iyun oyida RSFSR va UASSR Oliy Sovetlariga, 1939-yil dekabrda esa mahalliy sovetlarga saylovlar boʻlib oʻtdi. Saylovchilarning 99 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi. Partiya organlari tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ko‘pchilik ovozi bilan saylandi.
Aholisi
1970-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra respublikaning umumiy aholisi 1 million 417,4 ming kishini tashkil etgan. Aholining asosiy qismi ruslar (57%) va udmurtlar (34,1%) hisoblanadi.
Galereya
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org