U. Cherchill




Uinston Cherchill (inglizcha: Sir Winston Leonard Spencer-Churchill ser Uinston Leonard Spenser-Cherchill; 30-noyabr 1874 — 24-yanvar 1965) — britaniyalik davlat va siyosat arbobi, 1940—1945 va 1951—1955-yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri, jurnalist, yozuvchi, adabiyot boʻyicha Nobel mukofotining sovrindori (1953). 2002-yili BBC kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov maʼlumotlariga koʻra, uni tarixdagi eng buyuk britaniyalik deb hisoblanadi.

Cherchill Uinston Leonard Spenser (1874.30.11, Blenim, Oksfordshir — 1965.24.1, London) — Buyuk Britaniya davlat arbobi, Konservatorlar partiyasining rahbari (1940—55). Sandxerst harbiy kavaleriya maktabini tugatgan. 1896—98 yillarda Hindistonning shimoli-gʻarbiy chegarasida qoʻzgʻolon koʻtargan qabilalarni bostirishda qatnashgan. 1896 —98 yillarda Hindistonda xizmat qilgan. 1900-yilda Konservatorlar partiyasidan parlamentga deputat qilib saylangan. Mustamlaka ishlari (1906—28; 1921—22), Savdo (1908—10), Ichki ishlar (1910-11), Harbiy dengiz (1911-15), Harbiy taʼminot (1917—18), Moliya (1919—21), Harbiy va aviatsiya vaziri (1924—29) lavozimlarida ishlagan.

Buyuk Britaniya ikkinchi jahon urushiga kirgach, 1939-yil sententabrda N. Chemberlen xukumatida Harbiy-dengiz vaziri boʻlib tayinlandi. 1940-yilda N. Chemberlen isteʼfoga chiqqach, Cherchill koalitsion xukumat bosh vaziri. Cherchill hukumati gitlerchilar Germaniyasiga qarshi birgalikda kurashish toʻgʻrisida SSSR bilan imzolangan bitim (1941-yil iyul) va ittifoqchilik toʻgʻrisidagi shartnoma (1942-yil may)ga qaramasdan SSSRni kuchsizlantirish maqsadida ikkinchi frontni belgilangan muddatda ochmagan. Cherchill SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya davlat boshliqlarining Tehron (1943), Yalta va Potsdam (1945) konferensiyalari qatnashchisi. 1945-yilgi parlament saylovlarida Konservatorlar partiyasining magʻlubiyatga uchrashi tufayli Cherchill xukumati isteʼfoga chiqqan. 1951—55-yillarda yana bosh vazir. Cherchill 1955-yilda isteʼfoga chiqqan va umrining oxirigacha vakillar palatasining aʼzosi boʻlgan. Bir kancha tarixiy-memuar asarlar muallifi. Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti laureati (1953).

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz