Tyubaj




Tyubaj  (fransuzcha tubage — trubka, zond, intubatsiya) — oʻt pufagining baʼzi kasalliklarida safro (oʻt suyuqligi) ajralib chiqishini yaxshilaydigan va safro turib qolishini bartaraf etadigan muolaja turi. Uy sharoitida tyubaj faqat shifokor tavsiyasi bilan amalga oshiriladi. Ushbu protsedura oʻt yoʻllarining diskinezi, xolelitiyoz bilan bogʻliq boʻlmagan surunkali xoletsistit, safro turgʻunligi bilan kechadigan gepatit, surunkali pankreatit, duodenit, shuningdek, opistorxozdan keyingi reabilitatsiya davrida qoʻllaniladi.

Jarayon



Koʻpincha shifokor nahorga soda eritmasi (yarim stakan suvga 1-2 choy qoshiq) ichishni tavsiya qiladi. Bundan keyin oʻng biqinda yotib, oʻng qovurgʻa ustiga sochiqqa oʻralgan gorelka qoʻyib qoʻyish kerak. Bu holatda 45 daqiqa yotish keyin bir stakan magniy sulfat eritmasi (1 stakan qaynatilgan iliq suvga 1 choy qoshiq magniy sulfat qoʻshib) ichib, oʻng biqinga garelka qoʻyilib yana 30 daqiqia yotiladi. Bundan keyin asta-sekin ½-1 stakan 40-50° darajagacha ilitilgan mineral suv ichish va shu holatda yana 45 daqiqa yotish tavsiya qilinadi. Bu holat bir necha marotaba qaytarilgandan soʻnggina ijobiy natija koʻrsatishi mumkin. Muolaja davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar



Tubajga qarshi koʻrsatmalar: oʻtkir kasalliklar, tosh xoletsistit, surunkali jarayonning kuchayishi (xoletsistit, pankreatit, gepatit, eroziv duodenit, oshqozon yarasi) mumkin; shuningdek, nazofarenks (farenksin burun qismi), qiziloʻngach, ishemik va gipertoniya ogʻir shakllari, jigar portal sirrozi organik kasalliklarda qoʻllanilishi taqiqlanadi.

Mazkur muolajani shifokor ruhsatisiz amalga oshirish tavsiya etilmaydi!

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz