Tyler Randell
Tyler Randell (talaffuzi: Tayler Rendell) (1991-yil 15-iyunda tugʻilgan)—kanadalik sobiq professional xokkeychi.
Oʻyin faoliyati
Yoshligida Tyler Randell 2004-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Brampton“ xokkey klubining kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Tyler Randell 2009-yilda Ontario Xokkey Ligasi (OHL) vakili „Belleville Bulls“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Randell „Belleville Bulls“ va „Kitchener Rangers“ xokkey klublari bilan OHLda 267 oʻyin oʻtkazib, jami 68 ta gol, 111 ochko, 43 golli uzatma hamda 392 penaltini oʻzining hisobiga qayd etdi. Randell „Belleville“ xokkey klubi bilan 2008-yilgi Memorial kubogi musobaqasida ishtirok etdi. 2008—2009-yilgi OHL mavsumidan soʻng, Randell 2009-yilgi NHL kirish loyihasining oltinchi bosqichida „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga qoʻshildi va 2011-yil 18-aprelda „Boston Bruins“ Randell bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. 2015-yilning 18-iyunida „Bruins“ klubi Randell bilan shartnomani bir yilga uzaytirishdi.
2017-yilning 1-iyulida Tyler Randell „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolash uchun erkin agent sifatida „Bruins“ klubini tark etdi. Tyler Randell „Ottawa Senators“ klubi tomonidan 2017—2018-yillarda AHLdagi ilk mavsumi davomida „Belleville Senators“ klubi filialiga qoʻshilish uchun tayinlandi. Tyler Randell klub safida 57 oʻyinda 3 gol va 8 ochko bilan mavsumni yakunladi.
„Senators“ klubining erkin agenti sifatida Tyler Randell 2018-yil 18-iyulda „Buffalo Sabers“ klubining filiali boʻlgan „Rochester Americans“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzolash orqali AHLdagi faoliyatini davom ettirdi. 2018—2019-yilgi mavsumda „Americans“ klubi bilan birinchi yilida Randell jarohati tufayli kam oʻyin oʻtkazdi. U mavsumni 36 oʻyinda 3 gol va 7 ochko bilan yakunladi. 2019-yil 5-iyulda Tyler Randell „Rochester“ klubi bilan shartnomani bir yilga uzaytirishga rozi boʻldi.
9 ta professional mavsumdan soʻng Randell 2021-yil 17-yanvarda professional xokkeydagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org