Tyansin shartnomasi




Tyansin shartnomasi yoki Tyanzin shartnomasi 1858-yil iyun oyida Tyantszinda (keyinchalik Tyansin nomi bilan atalgan) imzolangan bir nechta hujjatlarning umumiy nomidir. Shartnomani imzolashda Sin sulolasi, Rossiya imperiyasi, Ikkinchi Fransiya imperiyasi, Buyuk Britaniya va AQSh ishtirok etgan. Xitoyliklar tomonidan tengsiz shartnomalar qatoriga kiritilgan ushbu shartnomalar tashqi savdo uchun koʻproq Xitoy portlarini ochib berdi, Xitoy poytaxti Pekinda xorijiy fuqarolarga keng huquqlar berdi, xristianlar uchun missionerlik faoliyatiga ruxsat berildi va afyun savdosini amalda qonuniylashtirildi. Tomonlar ushbu shartnoma bilan 1856-yilda boshlanib, 1860-yilda Xityo imperatori tomonidan ratifikatsiya qilingan Pekin konvensiyasi bilan tugallangan Ikkinchi afyun urushining birinchi bosqichini yakunladilar.

Sanalar



Imperator Syanfen 1858-yil 29-mayda shartnoma boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻldi. Uning asosiy vakillari Manjur Guliang (桂良) va moʻgʻul Guashana (花沙納) edi. Rossiya tomonidan Yevfimiy Putyatin vakil boʻldi va muzokara jarayonlari 13-iyunda yakunlandi; Amerika tomonidan Uilyam Bredford Rid vakil boʻldi va muzokara jarayonlari 18- iyunda yakunlandi; Britaniya tomonidan Elginning 8-grafi Jeyms Bryus vakil boʻldi va muzokara jarayonlari 26-iyunda yakunlandi; va Fransiya tomonidan Jan-Batist-Lui Gros vakil boʻldi va muzokara jarayonlari 27-iyunda yakunlandi

Amerika ishtiroki



Yevropaning buyuk davlatlari oʻrnatgan qoidalarga amal qilgan holda Qoʻshma Shtatlar proteksionistik pozitsiyani egalladi, oʻz dengiz flotini tuzdi va savdo imperiyasini yaratishga harakat qildi. Qoʻshma Shtatlar Xitoyda yetakchi „kuchlar“dan biri boʻlib, Xitoy hukumatini jami 23 ta imtiyozlarni joriy etishga majbur qildi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Xitoydagi hech qanday aholi punktini nazorat qilmasligini tez-tez taʼkidlagan boʻlsa-da, u Britaniya bilan yerlarni baham koʻrdi va aslida Shanxaydan yer olishga taklif qilinsa-da, ammo taklif qilingan yer noqulay deb, uni rad etdi.

Shartlar



Asosiy nuqtalar




Eslatmalar



Andoza:Noteslist

Manbalar




Adabiyotlar



Asosiy manbalar




Havolalar




Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz