Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i
Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi (lotincha: Ursus arctos isabellinus) — qoʻngʻir ayiqning (lot. Ursus arctos) alohida kenja turi.
Tavsif
Bu tur Pomir, Tyan-Shan va Himolay togʻlarida yashaydi. Nisbatan kichik oʻlchamga ega: tana uzunligi 1,5-2,2 m, vazni 135-200 kg. Biroq, ularning yirik turi ham uchrashi mumkin. 2005-yildan buyon Moskvadagi Losiniy orollari jamgʻarmasining "Ayiq burchagi" biostansiyasida 24 yoshli (2017-yilda) deyarli uch metr-u 700 kilogrammlik ulkan Dobrinya, boʻyin yoqalari toʻq qoʻngʻir tusda boʻlib, mahalliy bolalarning sevimlisi sanaladi. Asosiy farqlovchi xususiyati — old panjalardagi uzun yorqin tirnoqlari boʻladi. Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi hamma narsa bilan: u oʻtlar, ildizpoyalari, piyozchalari, mevalari va rezavorlari bilan oziqlanadi. Ba’zan u sugʻur va quyonsimonlarni ham ovlaydi. Hattoki oʻlaksalardan ham tap tortmaydi. Koʻpayishi qishda uyada sodir boʻladi, odatda 1-2 tagacha bolalaydi.
Maqomi : 3-toifa. tarqalishi va soni kamayib borayotgan noyob tur.
Tarqalishi
Tyan-Shan tizmalari: Qorjontogʻ, Ugam, Pskem, Chotqol, Talass, Qirgʻiz, Zaylis, Kungey, Teskey, Oloy, Ketmenl , Talass, Qirgʻiz, Zaylis, Kungey, Teskey, Oloy, Ketmen, shuningdek, Jungʻor Ola-Togʻda periferik togʻ tizmalarida tarqalgan. Oltin- Emel, Toʻqsonboy, Koyandytau, Kaykan. XX asrning 40-yillarida Sirdaryo Qoratovida gʻoyib boʻlgan.
Qoʻngʻir ayiqning ikkita kichik turidan biri Qozogʻiston, Qirgʻiziston faunasida va MDH faunasida 6-7 kenja turidan biri saqlanadi. Oqsuv-Jabogʻli, Issiqkoʻl, Olmaota qoʻriqxonalarida, Olmaota, Lepsin va Toktin (Qozogʻiston) buyurtmaxonalarida va Chotqol qoʻriqxonasida (Oʻzbekiston) muhofaza qilinadi.
Yashash joyi
Togʻlarning dengiz sathidan 1500- 3500 metr balandlikda boʻlgan oʻrta va yuqori qismlari – togʻ oʻrmoni, siyrak oʻrmon, subalp va alp oʻtloqlarida uchraydi.
Soni
1970-1980-yillarda Gʻarbiy Tyan-Shanda 200-220 tasi hisobga olingan; muhofaza choralari tufayli soni barqarorlashgan. Farbiy Tyan-Shanda umumiy koʻrsatkich 250-300 taga yetgan. Piskom daryosi vodiysining yuqori qismida 1 ta yirik darada 2-3 ta, Chotqol qoʻriqxonasida 40- 45 tasi qayd etilgan. Gʻarbiy Pomir-Oloyda katta qismi Hisor tizmasida hayot kechiradi. Hisor qoʻriqxonasida qoʻngʻir ayiqlar oʻrtacha 157 tani tashkil etadi.
Hayot tarzi
Mart-oktabrda koʻpincha ertalab va kechki paytlari faol, inlariga berkinadi va oʻsha yerda qishlaydi ham. May-iyunda juftlashadi; ikki yilda bir marta – yanvar-fevralda – bolalaydi (1-3). Bolalari mart-aprelda inlaridan chiqadi, 3-4 yoshida jinsiy voyaga yetadi. Mevalar, ildizlar, ba’zan sutemizuvchilar, hasharotlar, oʻlaksalar bilan oziqlanadi. 30 yilgacha yashaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org