Tyanoʻpan




Tyan-Shan yoki Tangritogʻ — Markaziy Osiyodagi eng baland va uzoq masofaga choʻzilgan togʻ tizmalari sistemasi. Gʻarbiy qismi Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonda, sharqiy qismi esa Xitoy hududidadir. Tyan-Shan bir necha togʻ tizmalaridan tashkil topgan boʻlib, ularning koʻpchiligi kenglik boʻylab, 2550 km dan ziyod masofaga choʻzilgan. Tyan-Shan shimolda Moʻyinqum qumliklari, Ili botigʻi, Jungʻariya Olatovi, janubda Fargʻona va Tarim botiqlari, gʻarbda Sirdaryoning oʻrta qismi, sharqda Gobi choʻllari va Beyshan togʻlarigacha yetib borgan. Shimolda Sharqiy Tyanshanga kiruvchi Boroxoro tizmasi, Jungʻariya Olatovi, Markaziy Tyanshanda Qaqshaltov tizmasi, janubi-gʻarbda Olay tizmasi bilan tutashadi. Baʼzi geolog va geofaf olimlar Jungʻariya Olatovi va OlayHisor tizmalarini ham Tyan-Shan tarkibiga kiritadilar. Tyan-Shanga kiruvchi koʻpchilik tizmalar geografik kenglik yoki kenglikka yaqin yoʻnalish boʻylab, baʼzi tizmalari esa (Qoratogʻ, Fargʻona, Nurota va boshqalar) meridianal yoʻnalishga yaqin choʻzilgan. Eng baland joyi Qirgʻiziston va Xitoy chegarasidagi Gʻalaba choʻqqisi (balandligi 7439 m). Uning yaqinida balandligi 6995 m li Xontangri choʻqqisi koʻtarilgan. Togʻ tizmalari shu choʻqqilardan gʻarb va sharq tomonga yelpigʻichsimon tarmoqlanib, pasayib boradi.

Joylashishi



Tyan-Shanning markaziy qismi Qirgʻizistonga, shimoliy va gʻarb butogʻlari Qozogʻistonga, janubiy-gʻarb chekkasi Oʻzbekiston bilan Tojikistonga, sharqiy qismi Xitoyga tegishli. Gʻarbdan sharqqa tomon 2500 km-ga choʻzilib yotibdi, eni 400 km. Tyan-Shan shimolida Ahabek butogʻi orqali Jetisu Alatovi bilan, jabubida Oloy butogʻi orqali Pamir togʻining maʼlum qismi bilan kesishadi. Shimoliy chegarasi: gʻarbda Qile vodiysi, Mo'yinqum, sharqda Joʻngʻor tekisligi. Janubiy chegarasi sharqda Tarim jarliklariga toʻgʻri keladi. Eng baland choʻqqisi — Gʻalaba choʻqqisi (7439 m.). Tyan-Shan enlik butogʻlar bilan ularni bir-biridan ajratib turgan togʻ oraliq yirik jarliklardan iborat.

Orografiyalik tuzulishi



Orografiyalik tuzulishidan Shimoliy, Markaziy, Gʻarbiy, Sharqiy va Janubiy qismlarga boʻlinadi. Shimoliy Tyan-Shan Ketpen, Kungey Olatov, Ile Olatovi, Qirgʻiz Olatovi va Chu-Ili togʻlaridan iborat. Shimoliy Tyan-Shan butogʻlari 4,5 ming metrdan baland: Teriskey Olatovi (5218 m), Qile Olatovi (4973 m), Qirgʻiz Olatovi (4875 m). Gʻarbiy Tyan-Shanga Fargʻona, Talas Olatovi bilan undan tarqaladigan, Piskem, Shatqal butogʻlari va Qoratov kiradi. Gʻarbiy Tyan-Shan butogʻlari asta-sekin shimoli-gʻarbga tomon 4,5 ming metrdan 2,5 — 2 ming metrgacha pasayadi. Fargʻona vodiysi Gʻarbiy va Janubiy Tyan-Shanni bir-biridan boʻladi. Markaziy (Ichki) Tyan-Shanga shimolda Issiqkoʻl jarligidan janubiy-gʻarbda Fargʻona jarligiga, janubiy-sharqda Koʻkshal-Too butogʻigacha boʻlgan oraliq kiradi. Bu butkul togʻ tarmogʻining eng baland choʻqqisi. Ayniqsa, uning sharqiy qismi baland (Gʻalaba choʻqqisi — 7439 m, Xon Tangri — 6995 m). Markaziy Tyan-Shanga Sirt deb ataluvchi taluqli, 3000 — 4000 metr balandlikda, atrofi baland butogʻlar bilan oʻralgan togʻ qirralari kiradi. Janubiy Tyan-Shan Oloy, Turkiston, Zarafshon va Gissar butogʻlaridan iboraTyan-Shan Sharqiy Tyan-Shan enlik boʻyi bilan choʻzilgan vodiylar, jarliklar bilan boʻlingan ikki qator toʻg qir-adirlaridan tashkil topgan. Boroxoro, Erenqabirgʻa, Bogdo-Ola, Qarlitov butogʻlari tashkil qiladigan shimoliy qir-adirlari uzun — sharqda 95 shimoli-gʻarbgacha choʻziladi. Janubiy qir-adir qisqaroq (90 shimoli-gʻarbgacha), asosiy qir-adirlari: Xalqtov, Sarman-Ula, Qurliqtov. Butogʻlarning boshi 4000 — 5000 m baland.

Iqlimi




Togʻ etagining issiq, quruq iqlimidan baland choʻqqisining nivallik iqlimigacha oʻrin oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 20 — 25S, markazida 15 — 17S, baland choʻqqisida 0 °C va undan ham kam. Yanvarning oʻrtacha harorati togʻ etagida −2 — 4S (janubda), −6 — 8S (shimolda). Qishda baland togʻli qir-adirlardan boshqa qismlarida sovuq ob-havo iliq oqimlari bilan almashib turadi. Yillik yogʻingarchilikning miqdori togʻ etagida 300 mm, togʻ butoqlarining yuqori qismida 800 mm. Yogʻingarchilikning eng koʻp yogʻadigan vaqti Tyan-Shanning shimoliy qismida yozga, janubida bahorga (mart — aprel) toʻgʻri keladi. Muzliklar katta tarqagan va keng koʻlamni tashkil etadi. Muz bosish yuzasi 7300 km², muzliklarning soni 7700-dan ziyod.

Qoʻriqxonalari




Tyan-Shan tabiati bilan uning oʻziga xos oʻsimliklar, hayvonlar olamini himoyalash uchun bir nechta qoʻriqxonalar va milliy parklar tashkil etilgan. Shulardan Oqsuv-Jabagʻali (1926), Almati (1931) qoʻriqxonalari katta ahamiyatga ega.
1996-yili Almati yaqini Ile Olatovining parki barpo etildi

Adabiyotlar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Tyanoʻpan (lotin yozuvida: Tyanopan yoki Tyanopan) — Tyanopan soʻzi turli kontekstlarda turlicha maʼnoga ega boʻlishi mumkin, ammo aniqroq tushuncha berish uchun quyida ushbu soʻzning ehtimoliy maʼnolari va izohlari keltiriladi.

  1. Geografik nom sifatida:
    Baʼzan Tyanoʻpan yoki unga yaqin soʻzlar markaziy Osiyo hududida, xususan Qozogʻiston, Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlarda maʼlum qishloq, hudud yoki tabiiy obʼyekt nomi sifatida uchrashi mumkin. Ammo aniq hujjatli maʼlumotlar uchun qo‘shimcha manbalar kerak.

  2. Madaniy yoki tarixiy termin sifatida:
    Tyanoʻpan nomi mahalliy xalqlar orasida folklor, qadimiy tarix yoki madaniy elementlarga taalluqli bo‘lishi mumkin. Masalan, eski afsonalar, yodgorliklar yoki anʼanaviy nomlar sifatida.

  3. Tibbiyot yoki biologiya sohasida:
    Baʼzan soʻz turli fan sohalarida, masalan, botanika yoki zoologiyada yangi kashf etilgan o‘simlik yoki hayvon nomenklaturasida uchrashi ehtimoli bor, biroq aynan Tyanoʻpan soʻzi bunga misol bo‘lishi aniq emas.

  4. Boshqa ehtimollar:


Agar siz aniq bir kontekst yoki soha bilan bogʻliq Tyanoʻpan haqida maʼlumot soʻrayotgan boʻlsangiz, iltimos, qoʻshimcha tafsilotlar bilan murojaat qiling. Shu tarzda men sizga yanada batafsil va toʻliq javob bera olaman.

Yana bir maslahat: Tyanoʻpan soʻzi haqidagi maʼlumotlarni topishda internet, kutubxonalar yoki mahalliy mutaxassislar bilan murojaat qilish foydali boʻlishi mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz